“O'zbekipaksanoat”
uyushmasi
Ishonch telefon raqami: +99871 267 23 63
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Romitan tumanida pilla mavsumi boshlandi

2024-04-23 09:53:52

 

Pillachilik yurtimiz qishloq xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan sanalishi bilan birga, ipak ishlab chiqarish ota-bobolarimizning boy madaniy merosidir. 

Buxoro viloyati Romitan tumanida ham ipak qurti parvarishlash mavsumiga start berildi. "Romstar" MChJ  tomonidan 2476 nafar kasanachilar bilan shartnoma tuzilib, jonlantirilgan urug‘lar o‘z vaqtida oilaviy zvenolarga tarqatib berilmoqda.

Ma’lumot uchun, joriy yilda Romitan tumanida 4075 quti ipak qurti parvarishlanib, 245 tonna hosil olinishi ko‘zda tutilgan.