“O'zbekipaksanoat”
uyushmasi
Ishonch telefon raqami: +99871 267 23 63
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

O‘zbekiston Respublikasida pillachilik va qorako‘lchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

Mamlakatimizda pillachilik va qorako‘lchilik tarmoqlarining mavjud salohiyatini har tomonlama ishga solish hamda ishlab chiqarish korxonalarining rentabelligini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish orqali ushbu sohalarni qayta tiklash va rivojlantirish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, mazkur tarmoqlardagi infratuzilma resurslaridan samarali foydalanilishini ta’minlash, nasl ko‘rsatkichlarini yaxshilash, ozuqa bazasini mustahkamlash, shuningdek, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati va raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha faoliyatni kuchaytirish talab etilmoqda.

Pillachilik va qorako‘lchilikni jadal rivojlantirishni ta’minlash, pillachilik va qorako‘lchilik klasterlarini tashkil qilgan holda xomashyoni chuqur qayta ishlashni tashkil etish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarga olib chiqishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, joylarda yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirish maqsadida:

  1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:

2021-yil 1-iyulga qadar respublikaning yaylovlarga ega barcha hududlarida ozuqa bazasini yaratgan holda mayda shohli nasldor mollarni ko‘paytirish, shuningdek, mol so‘yish, teri va junni qayta ishlash, go‘sht-sut mahsulotlari, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalarini tashkil qilish bo‘yicha qorako‘lchilik klasterlari (keyingi o‘rinlarda — klasterlar) tashkil qilinadi;

Oldingi tahrirga qarang.

klasterlarga qorako‘l zotli qo‘ylarini boqishga mo‘ljallangan, shu jumladan o‘rmon bilan qoplanmagan o‘rmon fondi yerlaridan yaylovlar O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksida belgilangan tartibda ijaraga beriladi;

(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)

klasterlarga yaylovlardan samarali foydalanish, ularning holati yomonlashib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, ilmiy va innovatsion yondashuvlarni qo‘llagan holda mayda shohli nasldor mollarni ko‘paytirish, klaster ishtirokchilari o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish orqali xomashyoni chuqur qayta ishlashni va mahsulot ishlab chiqarishni tashkillashtirish bo‘yicha majburiyatlar yuklanadi;

klasterlar Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti hamda Buxoro cho‘l-yaylov ozuqabop o‘simliklar urug‘chiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi bilan yaqindan hamkorlik qiladi;

2021-yil 1-yanvardan boshlab klasterlarga hududlarda shaxtali va tik quduqlar, shuningdek, suv tortish uchun nasos stansiyalarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilishga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-yanvardagi “Pillachilik tarmog‘ida ipak qurti ozuqa bazasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4567-son qarori 2-bandida nazarda tutilgan 120 million so‘mgacha miqdorda subsidiyalar berish tartibi qo‘llaniladi;

Oldingi tahrirga qarang.

Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish” uyushmasi (keyingi o‘rinlarda — Uyushma) a’zolari — klaster ishtirokchilariga kavrak plantatsiyalarini tashkil qilish va uni qayta ishlash, mayda shoxli nasldor mol xarid qilish va ko‘paytirish, shuningdek, mol so‘yish, ozuqa bazasini yaratish, yarim tayyor va tayyor, shu jumladan go‘sht-sut mahsulotlari ishlab chiqarish, teri va junni qayta ishlash hamda binolarni rekonstruksiya qilish va ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash loyihalarini moliyalashtirish uchun 2020 — 2023-yillarda ajratiladigan 10 milliard so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdordagi bank kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplashga, loyihalar soni va ularni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan valyuta turidan qat’i nazar, tijorat banklari tomonidan o‘rnatilgan foiz stavkasining 50 foizi, biroq 10 foizlik punktdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kompensatsiyalar beriladi.

(1-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-dekabrdagi PF-34-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 06/21/34/1164-son)

Uyushma a’zolariga qo‘l mehnati uchun uskunalar xarid qilish bo‘yicha xarajatlarni qoplash uchun kamida bitta ish o‘rni yaratish sharti bilan Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida subsidiyalar ajratiladi.

Oldingi tahrirga qarang.

(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)

Oldingi tahrirga qarang.

  1. Moliya vazirligi 2020-yil 1-oktabrga qadar Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish uyushmasi huzuridagi Qorako‘lchilikni rivojlantirish jamg‘armasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-avgustdagi “Qorako‘lchilik tarmog‘ini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4420-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilishi lozim bo‘lgan mablag‘larning qolgan qismini ajratsin.

(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6259-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 06/21/6259/0657-son)

Oldingi tahrirga qarang.

  1. 2021 — 2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasida qorako‘lchilikni rivojlantirishning maqsadli parametrlari 2-2.1, 2.3. — 2.6, 2.8, 2.9 va 2.13-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.

(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6259-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 06/21/6259/0657-son)

Oldingi tahrirga qarang.

  1. Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi tashkil etilsin.

(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6259-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 06/21/6259/0657-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Quyidagilar Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita)ning asosiy vazifasi etib belgilansin:

(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6259-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 06/21/6259/0657-son)

pillachilik va qorako‘lchilik sohasida yagona davlat siyosatini olib borish, shuningdek, ushbu tarmoqlarni yagona ilmiy-texnikaviy siyosatni yuritgan holda, muvofiqlashtirilgan tarzda rivojlantirishni ta’minlash;

tut plantatsiyalari va yaylovlarning qat’iy hisobini yuritish va fondini o‘rganish, shuningdek, pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish uchun ozuqa bazasini yaxshilash;

ipak qurti va qorako‘l zotli qo‘ylarning yuqori darajada mahsuldor nasllarini joriy qilish;

pilla va qorako‘l terisidan tayyor mahsulot ishlab chiqarish maqsadida xomashyo tayyorlash va uni qayta ishlash uchun qulay sharoitlar yaratish;

marketing tadqiqotlarini o‘tkazish hamda ipak va qorako‘ldan tayyorlangan mahsulotlarni eng avvalo tashqi bozorlarda sotishga ko‘maklashish;

pillachilik va qorako‘lchilik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga o‘z faoliyatini kengaytirish, klasterlar tashkil etish va mahsulotni eksport qilishda har tomonlama yordam berish;

Oldingi tahrirga qarang.

junni qayta ishlash sanoatida raqobatni rivojlantirish, jun yetishtirish va uni qayta ishlash yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash;

junni qayta ishlashga hunarmandlarni keng jalb qilish orqali aholi bandligini ta’minlashga va ularning daromadini oshirishga ko‘maklashish;

xorijiy investitsiyalar, jumladan xalqaro moliya institutlarining mablag‘larini jalb qilish yo‘li bilan sohani rivojlantirish.

(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6259-sonli Farmoniga asosan to‘qqizinchi — o‘n birinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 06/21/6259/0657-son)

  1. Belgilansinki:

Oldingi tahrirga qarang.

(6-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)

Oldingi tahrirga qarang.

(6-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)

Oldingi tahrirga qarang.

(6-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)

  1. g) quyidagilar klasterlarni tashkil qilish shartlari hisoblanadi:

Oldingi tahrirga qarang.

Qo‘mita, tashabbuskor hamda Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida tomonlarning huquq va majburiyatlarini nazarda tutuvchi shartnoma tuzilishi;

(6-band “g” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)

tashabbuskor tomonidan yaylovlardan samarali foydalanish, ularning holati yomonlashib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, ilmiy va innovatsion yondashuvlarni qo‘llagan holda mayda shohli nasldor mollarni ko‘paytirish, klaster ishtirokchilari o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish orqali xomashyoni chuqur qayta ishlashni va mahsulot ishlab chiqarishni tashkillashtirish bo‘yicha majburiyatlar qabul qilinishi;

  1. d) naslchilik chorvachilik subyektlarini davlat attestatsiyasidan o‘tkazish va naslchilik chorvachilik xo‘jaligi maqomi to‘g‘risidagi guvohnomalarni berish qorako‘lchilikka taalluqli qismida Qo‘mita bilan birgalikda amalga oshiriladi.
  2. Qorako‘l zotli qo‘ylarni ko‘paytirishga mo‘ljallangan Yaylovlarni xatlovdan o‘tkazish va holatini o‘rganish bo‘yicha komissiya (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) 4-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.

Oldingi tahrirga qarang.

Komissiya 2020-yil 15-oktabrga qadar qorako‘l zotli qo‘ylarni ko‘paytirishga mo‘ljallangan mavjud yaylovlarni, yalpi xatlovdan o‘tkazsin.

(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi Qo‘mitaning doimiy egaligiga berilayotgan yaylovlarning kadastr pasportlari tayyorlanishini va kadastr hujjatlari rasmiylashtirilishini to‘lov undirilmasdan ta’minlasin.

Oldingi tahrirga qarang.

(7-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)

  1. Quyidagilar:

Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti — “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi ixtiyoridan;

Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti — Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ixtiyoridan;

Buxoro cho‘l-yaylov ozuqabop o‘simliklar urug‘chiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi — “O‘zchorvanasl” agentligi ixtiyoridan Qo‘mitaga o‘tkazilsin.

  1. Qishloq xo‘jaligi vazirligi Jahon bankining amalga oshirilayotgan loyihasi (15 mln yevro) va Fransiya taraqqiyot agentligi bilan birgalikda ishlab chiqilayotgan “O‘zbekiston Respublikasida chorvachilik sektorini rivojlantirish” loyihasi (16 mln yevro) doirasidagi ikkita grant liniyalari yuqorida ko‘rsatilgan ilmiy-tadqiqot institutlarining moddiy-texnika bazasi, laboratoriya uskunalarini modernizatsiya qilish, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek, ularga xorijiy mutaxassislarni jalb qilishga yo‘naltirilishini ta’minlasin.
  2. Qo‘mita Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda:

Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti, Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti hamda Buxoro cho‘l-yaylov ozuqabop o‘simliklar urug‘chiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va respublika viloyatlarida tashkil qilinayotgan, qishloq xo‘jaligidagi bilim va innovatsiyalar tizimini o‘z ichiga olgan Agroxizmatlar markazlari bilan chuqur integratsiyalashuvini;

pillachilik va qorako‘lchilik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga Agroxizmatlar markazlari orqali bilimlar berish, ularni ilmiy-amaliy qo‘llab-quvvatlash va xizmatlar ko‘rsatish tizimi joriy etilishini ta’minlasin.

  1. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali ipak chiqindilari (shu jumladan ipak momig‘i) va xom ipak (TIF TN kodi — 5002 va 5003)ni olib chiqishda 2021-yil 1-yanvardan e’tiboran olib chiqiladigan ipak chiqindilari (shu jumladan ipak momig‘i) va xom ipakning har bir kilogrammi uchun 0,05 AQSh dollari miqdorida yig‘im undiriladi.
  2. “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Pillachilikni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil qilinsin va O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali ipak chiqindilari (shu jumladan ipak momig‘i) va xom ipak (TIF TN kodi — 5002 va 5003)ni olib chiqishda undiriladigan yig‘imlardan to‘liq hajmdagi tushumlar, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar uning mablag‘larini shakllantirish manbai etib belgilansin.
  3. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Qo‘mita boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:

2021-2022 o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat agrar universiteti va Samarqand veterinariya meditsinasi instituti filiallarida qorako‘lchilik sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha maxsus yo‘nalishlar ochishni nazarda tutsin;

Samarqand veterinariya va meditsina texnikumida mayda shohli mollarni ko‘paytirish hamda ipak qurti yetishtirish bo‘yicha kadrlar tayyorlanishini ta’minlasin;

Marg‘ilon shahridagi 1-son kasb-hunar maktabida ipak qurti yetishtirish, xom ipakni qayta ishlash va ipakdan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha kadrlar tayyorlanishini ta’minlasin;

Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti hamda Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti ularga mayda shohli mollarni va ipak qurtini ko‘paytirish bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni tashkil qilishda ilmiy-metodik yordam ko‘rsatish vazifasini yuklagan holda tegishincha Samarqand veterinariya va meditsina texnikumiga va Marg‘ilon shahridagi 1-son kasb-hunar maktabiga biriktirilsin.

  1. Ushbu Farmonda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning samarali va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida:
  2. a) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:

2020-yil 1-noyabrga qadar qorako‘l zotli qo‘ylarni ko‘paytirishga mo‘ljallangan mavjud yaylovlarni yalpi xatlovdan o‘tkazishda Komissiyaga ko‘maklashsin;

Oldingi tahrirga qarang.

klasterlar tomonidan foydalanilmayotgan yaylovlarning zaxiraga qaytarilishi, davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi hamda ochiq elektron tanlov orqali jismoniy va yuridik shaxslarga ijaraga berilishini ta’minlasin.

(14-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)

Oldingi tahrirga qarang.

  1. b) O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi klasterlar tomonidan foydalanilmayotgan yaylovlarning o‘rmon xo‘jaliklariga qaytarilishi hamda jismoniy va yuridik shaxslarga belgilangan tartibda ijaraga berilishini ta’minlasin.

(14-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)

  1. v) Qo‘mita 2021-yil 1-iyulga qadar:

Oldingi tahrirga qarang.

(14-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)

ishtirokchilarning klasterlar faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha aniq majburiyatlarini belgilagan holda, tashabbuskorlar hamda Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti bilan shartnomalar tuzsin;

klaster ishtirokchilari o‘rtasida kooperatsiya aloqalari o‘rnatilishini ta’minlasin;

olis cho‘l hududlarida mayda shohli nasldor mollarni sug‘orish uchun mavjud inshootlar (tik va shaxtali quduqlar)ni rekonstruksiya qilish va yangilarini qurish bo‘yicha 2021-yilga mo‘ljallangan dasturni tasdiqlasin.

  1. Qo‘mita bir oy muddatda:

O‘zbekiston Respublikasi Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini kiritsin;

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birga O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali ipak chiqindilari (shu jumladan ipak momig‘i) va xom ipakni olib chiqish ustidan monitoring qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

  1. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari O‘.I. Barnoyev zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2020-yil 2-sentabr,

PF-6059-son

Oldingi tahrirga qarang.

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-sentabrdagi PF-6059-son Farmoniga
2-ILOVA

2021 — 2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasida qorako‘lchilikni rivojlantirishning

MAQSADLI PARAMETRLARI

 

T/r

Ko‘rsatkichlar

O‘lchov birligi

2021-yil

2022-yil

2023-yil

2024-yil

2025-yil

1.

Yaylovlar maydoni

ming gektar

17416

17416

17416

17416

17416

2.

Qorako‘l naslli qo‘ylar

ming bosh

6261

6871

7872

8630

9494

3.

Jun ishlab chiqarish

ming tonna

15026

16491

18892

20711

22784

4.

Jundan yigirilgan ip ishlab chiqarish

ming tonna

6011

6597

7558

8286

9115

5.

Gilamlar ishlab chiqarish

ming m2

299,1

329,2

377,3

412,6

454,8

6.

Kigiz ishlab chiqarish

ming m2

3137

3406

3852

4193

4585

7.

Terilar ishlab chiqarish

ming dona

607,1

666,4

764,6

837,2

921,6

8.

Qorako‘ldan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish

ming dona

242

266,2

304,2

334,5

366,6

9.

Qorako‘l mahsulotlarini eksport qilish

mln doll.

14,9

24,9

29,8

34,6

44,4

10.

Investitsiyalar hajmi

mln doll.

14,9

14,9

14,9

14,9

14,9

11.

Ish joylari

Doimiy

shtat birligi

36084

39692

45645

50211

55514

Mavsumiy

48386

53222

61206

67328

74438

Jami

84469

92916

106852

117538

129952

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6259-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 06/21/6259/0657-son)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-sentabrdagi PF-6059-son Farmoniga
2.1-ILOVA

2021 — 2025-yillarga mo‘ljallangan Qoraqalpog‘iston Respublikasida qorako‘lchilikni rivojlantirishning

MAQSADLI PARAMETRLARI

 

T/r

Ko‘rsatkichlar

O‘lchov birligi

2021 yil

2022 yil

2023 yil

2024 yil

2025 yil

1.

Yaylovlar maydoni

ming gektar

4596

4596

4596

4596

4596

2.

Qorako‘l naslli qo‘ylar

ming bosh

343

874

1500

1725

1838

3.

Jun ishlab chiqarish

ming tonna

823

2098

3600

4140

4411

4.

Jundan yigirilgan ip ishlab chiqarish

ming tonna

329

839

1440

1656

1765

5.

Gilamlar ishlab chiqarish

ming m2

16

42

72

83

88

6.

Kigiz ishlab chiqarish

ming m2

287

315

363

399

441

7.

Terilar ishlab chiqarish

ming dona

33

85

146

167

178

8.

Qorako‘ldan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish

ming dona

13

34

58

67

71

9.

Qorako‘l mahsulotlarini eksport qilish

ming doll.

800

3500

5600

6607

8606

10.

Investitsiyalar hajmi

ming doll.

820

1900

2836

3202

3166

11.

Ish joylari

Doimiy

Shtat birligi

6999

7698

8853

9738

10767

Mavsumiy

9380

10317

11865

13052

14430

Jami

16378

18016

20718

22790

25197

Oldingi tahrirga qarang.

(2.2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6259-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 06/21/6259/0657-son)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-sentabrdagi PF-6059-son Farmoniga
2.3-ILOVA

2021 — 2025-yillarga mo‘ljallangan Buxoro viloyatida qorako‘lchilikni rivojlantirishning

MAQSADLI PARAMETRLARI

 

T/r

Ko‘rsatkichlar

O‘lchov birligi

2021 yil

2022 yil

2023 yil

2024 yil

2025 yil

1.

Yaylovlar maydoni

ming gektar

2355

2355

2355

2355

2355

2.

Qorako‘l naslli qo‘ylar

ming bosh

1968

1968

1968

1968

1968

3.

Jun ishlab chiqarish

ming tonna

4723

4723

4723

4723

4723

4.

Jundan yigirilgan ip ishlab chiqarish

ming tonna

1889

1889

1889

1889

1889

5.

Gilamlar ishlab chiqarish

ming m2

94

94

94

94

94

6.

Kigiz ishlab chiqarish

ming m2

307

337

388

427

472

7.

Terilar ishlab chiqarish

ming dona

191

191

191

191

191

8.

Qorako‘ldan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish

ming dona

76

76

76

76

76

9.

Qorako‘l mahsulotlarini eksport qilish

ming doll.

4707

7000

7444

9000

9215

10.

Investitsiyalar hajmi

ming doll.

4508

4280

3721

3383

3368

11.

Ish joylari

Doimiy

Shtat birligi

7506

8257

9495

10445

11548

Mavsumiy

10051

11056

12714

13986

15463

Jami

17557

19313

22210

24431

27011

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-sentabrdagi PF-6059-son Farmoniga
2.4-ILOVA

2021 — 2025-yillarga mo‘ljallangan Jizzax viloyatida qorako‘lchilikni rivojlantirishning

MAQSADLI PARAMETRLARI

 

T/r

Ko‘rsatkichlar

O‘lchov birligi

2021 yil

2022 yil

2023 yil

2024 yil

2025 yil

1.

Yaylovlar maydoni

ming gektar

621

621

621

621

621

2.

Qorako‘l naslli qo‘ylar

ming bosh

83

87

140

175

248

3.

Jun ishlab chiqarish

ming tonna

199,2

209

336

420

595

4.

Jundan yigirilgan ip ishlab chiqarish

ming tonna

80

84

134

168

238

5.

Gilamlar ishlab chiqarish

ming m2

4

4

7

8

12

6.

Kigiz ishlab chiqarish

ming m2

39

43

49

54

60

7.

Terilar ishlab chiqarish

ming dona

8

8

14

17

24

8.

Qorako‘ldan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish

dona

3000

3000

5000

7000

9000

9.

Qorako‘l mahsulotlarini eksport qilish

ming doll.

203

339

408

473

1161

10.

Investitsiyalar hajmi

ming doll.

198

189

264

250

386

11.

Ish joylari

Doimiy

Shtat birligi

975

1073

1233

1357

1500

Mavsumiy

1265

1391

1600

1760

1946

Jami

2240

2464

2833

3117

3446

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-sentabrdagi PF-6059-son Farmoniga
2.5-ILOVA

2021 — 2025-yillarga mo‘ljallangan Qashqadaryo viloyatida qorako‘lchilikni rivojlantirishning

MAQSADLI PARAMETRLARI

 

T/r

Ko‘rsatkichlar

O‘lchov birligi

2021 yil

2022 yil

2023 yil

2024 yil

2025 yil

1.

Yaylovlar maydoni

ming gektar

1214

1214

1214

1214

1214

2.

Qorako‘l naslli qo‘ylar

ming bosh

1812

1812

1812

1812

1812

3.

Jun ishlab chiqarish

ming tonna

4349

4349

4349

4349

4349

4.

Jundan yigirilgan ip ishlab chiqarish

ming tonna

1740

1740

1740

1740

1740

5.

Gilamlar ishlab chiqarish

ming m2

87

87

87

87

87

6.

Kigiz ishlab chiqarish

ming m2

435

435

435

435

435

7.

Terilar ishlab chiqarish

ming dona

176

176

176

176

176

8.

Qorako‘ldan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish

ming dona

70

70

70

70

70

9.

Qorako‘l mahsulotlarini eksport qilish

ming doll.

4334

6121

6829

7564

8467

10.

Investitsiyalar hajmi

ming doll.

4300

3977

3426

3265

3125

11.

Ish joylari

Doimiy

Shtat birligi

6900

7590

8729

9602

10616

Mavsumiy

9250

10175

11701

12872

14231

Jami

16151

17766

20430

22473

24847

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-sentabrdagi PF-6059-son Farmoniga
2.6-ILOVA

2021 — 2025-yillarga mo‘ljallangan Navoiy viloyatida qorako‘lchilikni rivojlantirishning

MAQSADLI PARAMETRLARI

 

T/r

Ko‘rsatkichlar

O‘lchov birligi

2021 yil

2022 yil

2023 yil

2024 yil

2025 yil

1.

Yaylovlar maydoni

ming gektar

7145

7145

7145

7145

7145

2.

Qorako‘l naslli qo‘ylar

ming bosh

1549

1600

1881

2300

2856

3.

Jun ishlab chiqarish

ming tonna

3718

3840

4514

5520

6854

4.

Jundan yigirilgan ip ishlab chiqarish

ming tonna

1487

1536

1806

2208

2742

5.

Gilamlar ishlab chiqarish

ming m2

74

77

90

110

137

6.

Kigiz ishlab chiqarish

ming m2

446

490

564

620

686

7.

Terilar ishlab chiqarish

ming dona

150

155

182

223

277

8.

Qorako‘ldan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish

ming dona

60

62

73

89

111

9.

Qorako‘l mahsulotlarini eksport qilish

ming doll.

3700

6000

7300

8299

13372

10.

Investitsiyalar hajmi

ming doll.

3953

3479

3630

3736

3587

11.

Ish joylari

Doimiy

Shtat birligi

10806

11886

13669

15036

16624

Mavsumiy

14576

16033

18438

20282

22424

Jami

25381

27919

32107

35318

39048

Oldingi tahrirga qarang.

(2.7-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6259-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 06/21/6259/0657-son)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-sentabrdagi PF-6059-son Farmoniga
2.8-ILOVA

2021 — 2025-yillarga mo‘ljallangan Samarqand viloyatida qorako‘lchilikni rivojlantirishning

MAQSADLI PARAMETRLARI

 

T/r

Ko‘rsatkichlar

O‘lchov birligi

2021 yil

2022 yil

2023 yil

2024 yil

2025 yil

1.

Yaylovlar maydoni

ming gektar

707

707

707

707

707

2.

Qorako‘l naslli qo‘ylar

ming bosh

460

461

461

461

461

3.

Jun ishlab chiqarish

ming tonna

1104

1106

1106

1106

1106

4.

Jundan yigirilgan ip ishlab chiqarish

ming tonna

442

443

443

443

443

5.

Gilamlar ishlab chiqarish

ming m2

22

22

22

22

22

6.

Kigiz ishlab chiqarish

ming m2

72

79

91

100

111

7.

Terilar ishlab chiqarish

ming dona

45

45

45

45

45

8.

Qorako‘ldan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish

ming dona

18

18

18

18

18

9.

Qorako‘l mahsulotlarini eksport qilish

ming doll.

1102

1671

1732

1849

2158

10.

Investitsiyalar hajmi

ming doll.

1100

1002

871

792

824

11.

Ish joylari

Doimiy

Shtat birligi

1792

1971

2267

2494

2757

Mavsumiy

2359

2595

2984

3282

3629

Jami

4151

4566

5251

5776

6386

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-sentabrdagi PF-6059-son Farmoniga
2.9-ILOVA

2021 — 2025-yillarga mo‘ljallangan Surxondaryo viloyatida qorako‘lchilikni rivojlantirishning

MAQSADLI PARAMETRLARI

 

T/r

Ko‘rsatkichlar

O‘lchov birligi

2021 yil

2022 yil

2023 yil

2024 yil

2025 yil

1.

Yaylovlar maydoni

ming gektar

737

737

737

737

737

2.

Qorako‘l naslli qo‘ylar

ming bosh

45

65

104

177

295

3.

Jun ishlab chiqarish

ming tonna

108

156

250

424

708

4.

Jundan yigirilgan ip ishlab chiqarish

ming tonna

43

62

100

170

283

5.

Gilamlar ishlab chiqarish

m2

2000

3000

5000

8000

14000

6.

Kigiz ishlab chiqarish

m2

46000

51000

58000

64000

71000

7.

Terilar ishlab chiqarish

dona

4000

6000

10000

17000

29000

8.

Qorako‘ldan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish

dona

2000

3000

4000

7000

11000

9.

Qorako‘l mahsulotlarini eksport qilish

ming doll.

114

260

434

786

1381

10.

Investitsiyalar hajmi

ming doll.

107

141

196

304

460

11.

Ish joylari

Doimiy

Shtat birligi

1106

1217

1399

1539

1702

Mavsumiy

1505

1655

1904

2094

2315

Jami

2611

2872

3303

3633

4017

Oldingi tahrirga qarang.

(2.10-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6259-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 06/21/6259/0657-son)

Oldingi tahrirga qarang.

(2.11-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6259-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 06/21/6259/0657-son)

Oldingi tahrirga qarang.

(2.12-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6259-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 06/21/6259/0657-son)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-sentabrdagi PF-6059-son Farmoniga
2.13-ILOVA

2021 — 2025-yillarga mo‘ljallangan Xorazm viloyatida qorako‘lchilikni rivojlantirishning

MAQSADLI PARAMETRLARI

 

T/r

Ko‘rsatkichlar

O‘lchov birligi

2021 yil

2022 yil

2023 yil

2024 yil

2025 yil

1.

Yaylovlar maydoni

gektar

41000

41000

41000

41000

41000

2.

Qorako‘l naslli qo‘ylar

bosh

1000

4000

6000

12000

16000

3.

Jun ishlab chiqarish

tonna

2000

10000

14000

29000

38000

4.

Jundan yigirilgan ip ishlab chiqarish

tonna

1000

4000

6000

12000

15000

5.

Gilamlar ishlab chiqarish

m2

50

190

290

580

770

6.

Kigiz ishlab chiqarish

ming m2

1505

1656

1904

2094

2309

7.

Terilar ishlab chiqarish

dona

100

400

600

1200

1600

8.

Qorako‘ldan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish

dona

200

200

500

600

9.

Qorako‘l mahsulotlarini eksport qilish

doll.

4000

15000

22000

40000

84000

10.

Investitsiyalar hajmi

doll.

2300

4300

7500

8600

11000

11.

Ish joylari

Doimiy

Shtat birligi

101

112

128

141

156

Mavsumiy

92

102

117

128

142

Jami

194

213

245

270

298

Oldingi tahrirga qarang.

(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-sentabrdagi PF-6059-son Farmoniga
4-ILOVA

Qorako‘l zotli qo‘ylarni ko‘paytirishga mo‘ljallangan Yaylovlarni xatlovdan o‘tkazish va holatini o‘rganish bo‘yicha komissiya

TARKIBI

Oldingi tahrirga qarang.

 

1.

lavozimi bo‘yicha

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi, Komissiya rahbari

2.

X. To‘raxo‘jayev

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi, Komissiya rahbari o‘rinbosari

3.

lavozimi bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari

4.

N. Bakirov

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi

5.

Sh. Teshayev

Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari

6.

Sh. Raximov

Bosh prokuror o‘rinbo�ari

7.

S. Nishanbayev

Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari

8.

A. Ikramov

Davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari

9.

lavozimi bo‘yicha

Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish uyushmasining raisi

Izoh:

Komissiya a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.

Komissiya ishiga kelishuv bo‘yicha boshqa vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik jamiyatlari va fuqarolik jamiyati institutlari rahbarlari va mutaxassislari jalb qilinishi mumkin.

(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6259-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 06/21/6259/0657-son)

 

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 06/20/6059/1256-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son; 09.07.2021-y., 06/21/6259/0657-son, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son, 16.12.2021-y., 06/21/34/1164-son)