“O'zbekipaksanoat”
uyushmasi
Ishonch telefon raqami: +99871 267 23 63
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT madhiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqiy nashri “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini chuqur hurmat qilish O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir.

Musiqasi - Mutal Burxonov
So'zlari - Abdulla Oripov

Serquyosh, hur o‘lkam, elga baxt, najot,
Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Naqorat:
Oltin bu vodiylar - jon O'zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bag‘ri keng o‘zbekning o‘chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo‘r qanot!
Istiqlol mash’ali, tinchlik posboni,
Haqsevar, ona yurt, mangu bo‘l obod!

Naqorat
Oltin bu vodiylar — jon O‘zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!