Respublikada pillachilik tarmog‘ini rivojlantirish, intensiv tutzorlar barpo etish, pillachilik tarmog‘i korxonalarini modernizatsiya qilish hisobiga ipak mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish borasida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi.
Bugungi kunda mavjud tutzorlarni bosqichma-bosqich ta’mirlash, ipak qurti boqishga mo‘ljallangan inshootlarni qurish, fermer xo‘jaliklarining dala chetlariga tut ko‘chatlari ekishni ko‘paytirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hisobiga aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni yanada jadal davom ettirish dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
Pillachilik tarmog‘i korxonalari faoliyati samaradorligini oshirish, sohada innovatsion texnologiyalarni joriy etish, tomorqa yer egalari (aholi xonadonlari)ni pilla boqish ishlariga kasanachilik asosida jalb etish va ularni rag‘batlantirish hisobiga qishloq aholisini, ayniqsa xotin-qizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni belgilash maqsadida:
birinchidan, mavjud 43,4 ming gektar tutzorlar va 44 mln. tup yakka tut qatorlari uyushma tizimidagi korxonalarga biriktirib berilganligi va yangidan 2 270 gektar tut plantatsiyasi, shundan 400 gektar maydonda intensiv tutzorlar barpo etilganligi;
ikkinchidan, 2018-yilda 18 ming tonna pilla yetishtirilishi (2017-yilga nisbatan 144,0 foiz) va 60 mln. AQSh dollardan ortiq ipak mahsulotlarini eksportga chiqarilishi;
uchinchidan, pillachilik tarmog‘i korxonalarini modernizatsiya qilish hisobiga 2018-yilda 50 mln. AQSh dollaridan ortiq investitsiya kiritilishi;
to‘rtinchidan, pillachilik sohasida 14 ming 452 ta doimiy va 410 ming 793 ta mavsumiy ish o‘rinlari tashkil etilganligi;
beshinchidan, pillachilik sohasida Xitoy, Eron, Vyetnam, Hindiston, Koreya, Birlashgan Arab Amirligi, Turkiya, Avstriya, Vengriya, Italiya, Germaniya, Belgiya, Bolgariya, AQSh, Singapur, Pokiston va Qirg‘iziston davlatlari bilan xalqaro hamkorlik o‘rnatilganligi.
“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining pillachilik tarmog‘ida 1-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha yangi loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifi;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining pillachilik ozuqa bazasini mustahkamlash maqsadida fermer xo‘jaliklari yer uchastkalarining dala chetlarida tut ko‘chatlari ekishni jadal rivojlantirish to‘g‘risidagi taklifi;
“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi, O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining respublika hududlarida qishloq aholisini, ayniqsa xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash va ularning daromadlarini oshirish maqsadida pillachilik tarmog‘i tashkilotlari tomonidan tomorqa yer egalari (aholi xonadonlari)ga 50 boshdan 90 kunlik parranda va tut ko‘chatlarini shartnoma asosida bepul yetkazib berish to‘g‘risidagi takliflari;
“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining uyushma huzurida “Ipakchilik sohasida hunarmandchilik va kasanachilikni rivojlantirish o‘quv-ishlab chiqarish markazi”ni tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi;
Namangan viloyati hokimligining pillachilik tarmog‘i tashkilotlari tomonidan 2019-2020-yillarda jami 3000 gektar, shu jumladan, Chortoq tumanida 1000 gektar, To‘raqo‘rg‘on tumanida 500 gektar, Chust tumanida 500 gektar, Namangan tumanida 400 gektar, Kosonsoy tumanida 300 gektar va Yangiqo‘rg‘on tumanida 300 gektar maydonda yangi tutzorlar barpo etish uchun yer uchastkasi ajratish va qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish rejasiga kiritish to‘g‘risidagi taklifi;
Surxondaryo viloyati hokimligining pillachilik tarmog‘i tashkilotlari tomonidan 2019-yilda jami 1000 gektar, shu jumladan, Sho‘rchi tumanida 150 gektar, Denov tumanida 50 gektar, Uzun tumanida 400 gektar (jumladan Bobotog‘ massivida 250 gektar), Sariosiyo tumanida 50 gektar, Qumqo‘rg‘on tumanida 200 gektar va Oltinsoy tumanida 150 gektar maydonda yangi tutzorlar barpo etish uchun yer uchastkasi ajratish va qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish rejasiga kiritish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Dasturda quyidagilar nazarda tutilsin:
pillachilik tarmog‘i korxonalariga ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish, yangi tutzorlar barpo etish va ular negizida ipak qurti boqishga mo‘ljallangan inshootlar qurish;
qo‘shimcha daromad olishni ko‘paytirish maqsadida tomorqa yer egalari (aholi xonadonlari) bilan tut ko‘chati ekish, pilla yetishtirish, parranda boqish bo‘yicha shartnomalar tuzishni tashkil etish;
tomorqa yer egalari (aholi xonadonlari)ga tut ko‘chatlari, asbob-uskunalar va 50 boshdan 90 kunlik parrandalarni shartnoma asosida bepul yetkazib berish hamda shartnomalarning bajarilishi yuzasidan monitoring yuritish;
tomorqa yer egalari (aholi xonadonlari)ga tut ko‘chatlari, asbob-uskunalar va parrandalar yetkazib berish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish va uni qoplash tizimini joriy etish;
pillachilik sohasida doimiy va mavsumiy ish bilan band bo‘lganlar sonini uch yilda bir million kishiga yetkazish.
uy sharoitida pilla xomashyosini qayta ishlash, xom ipak va tayyor mahsulot ishlab chiqarish faoliyati bilan band bo‘lgan “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi huzurida tashkil etilayotgan Ipakchilik sohasida hunarmandchilik va kasanachilikni rivojlantirish o‘quv-ishlab chiqarish markazi a’zolariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 17-noyabrdagi PF-5242-son Farmonining 3, 12, 13 va 16-bandlarida belgilangan imtiyozlar tatbiq etiladi;
pilla yetishtirishda foydalaniladigan sun’iy dasta va boshqa zarur jihozlar ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida polietilen xomashyosi 2018-yil 1-sentabrdan boshlab dastlabki uch yil davomida “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi tashkilotlarga polietilen ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning ulgurji sotish narxlarida sotiladi;
respublika hududlarida pillachilik sohasidagi yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish qat’iy tartibda “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tavsiyasiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-iyundagi PQ-4759-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2020-y., 07/20/4759/0970-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 20-avgust,
PQ-3910-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-avgustdagi PQ-3910-son qaroriga
1-ILOVA
“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining pillachilik tarmog‘ida amalga oshiriladigan yangi loyihalar
RO‘YXATI
T/r | T/r | Investitsiya loyihalari nomi | Loyiha amalga oshiriladigan hudud | Loyihaning umumiy qiymati | Tashkil etiladigan ish o‘rinlari, nafar | ||
doimiy | mavsumiy | ||||||
Pillani qayta ishlash bo‘yicha | |||||||
1. | 1. | Xom ipak, ipak momig‘i va ipak mato ishlab chiqarishni tashkil etish | Qoraqalpog‘iston Respublikasi | Ellikqal’a tumani | 5,0 | 175 | 5000 |
2. | 2. | Tut bargidan shifobaxsh tut choyi ishlab chiqarishni tashkil etish | Buxoro viloyati | G‘ijduvon tumani | 2,0 | 50 | 1500 |
3. | 3. | Pillachilik tarmog‘ida to‘liq ishlab chiqarish zanjiriga ega yirik sanoat parkini tashkil etish | Qashqadaryo viloyati | Qarshi shahri | 32,0 | 450 | 8000 |
4. | 4. | Xom ipak, ipak momig‘i va ipak mato ishlab chiqarishni tashkil etish | Namangan viloyati | Chortoq tumani | 5,0 | 186 | 7000 |
5. | 5. | Xom ipak, ipak momig‘i va ipak mato ishlab chiqarishni tashkil etish | Namangan viloyati | Namangan tumani | 5,0 | 280 | 7000 |
6. | 6. | Xom ipak, ipak momig‘i va ipak mato ishlab chiqarishni tashkil etish | Namangan viloyati | To‘raqo‘rg‘on tumani | 5,0 | 280 | 7000 |
7. | 7. | Xom ipak, ipak momig‘i va ipak mato ishlab chiqarishni tashkil etish | Surxondaryo viloyati | Denov tumani | 5,0 | 175 | 7500 |
Jami | 59,0 | 1596 | 43000 | ||||
Ipak qurti urug‘i ishlab chiqarish bo‘yicha | |||||||
8. | 1. | Ipak qurti urug‘i ishlab chiqarish loyihasini tashkil etish | Namangan viloyati | Chortoq tumani | 2,0 | 50 | 250 |
9. | 2. | Ipak qurti urug‘i ishlab chiqarish loyihasini tashkil etish | Navoiy viloyati | Karmana tumani | 2,0 | 65 | 300 |
10. | 3. | Ipak qurti urug‘i ishlab chiqarish loyihasini tashkil etish | Qashqadaryo viloyati | Shahrisabz tumani | 2,0 | 50 | 250 |
11. | 4. | Ipak qurti urug‘i ishlab chiqarish loyihasini tashkil etish | Samarqand viloyati | Samarqand shahri | 2,0 | 50 | 250 |
Jami | 8,0 | 215 | 1050 | ||||
Ipakchilik tarmog‘ida turizmni rivojlantirish bo‘yicha | |||||||
12. | 1. | Turizmni rivojlantirish maqsadida hunarmandlar etnik qishloqchasini tashkil etish | Buxoro viloyati | Buxoro shahri | 5,0 | 100 | — |
Jami | 5,0 | 100 | 0 | ||||
Hammasi | 72,0 | 1911 | 44050 |
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-iyundagi PQ-4759-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2020-y., 07/20/4759/0970-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-avgustdagi PQ-3910-son qaroriga
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan
o‘zgartirish va qo‘shimchalar
“Odobrit organizatsionnuyu strukturu Assotsiatsii “Uzbekipaksanoat” i tipovuyu strukturu regionalnix obщestv “Ipaksanoat” soglasno prilojeniyam №№ 1, 3.”
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2018-y., 07/18/3910/1777-son; 26.06.2020-y., 07/20/4759/0970-son)