“O'zbekipaksanoat”
uyushmasi
Ishonch telefon raqami: +99871 267 23 63
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Respublikada mavjud yaylovlardan unumli foydalanish, ipak va junni qayta ishlashni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

Hududlarning tabiiy-iqlim sharoitlariga mos jun yo‘nalishlaridagi mayda shoxli mollarni ko‘paytirish, ozuqa bazasini rivojlantirish, teri va junni qayta ishlash, ulardan yarim tayyor va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash, yaylov maydonlarida tabiiy ravishda o‘suvchi kavrak plantatsiyalari zaxiralaridan barqaror foydalanish, shuningdek, pillachilik tarmog‘i ozuqa bazasini ko‘paytirish, eksportga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish maqsadida:

  1. Belgilansinki:
  2. a) 2022-yil 1-yanvardan boshlab 2025-yil 1-yanvarga qadar:

har yili yetishtiriladigan pilla (ho‘l pilla) hosilining bir kilogrammi uchun 5 ming so‘m miqdorida xonadonlarda pilla yetishtiruvchi jismoniy shaxslarga respublika budjeti hisobidan subsidiya ajratiladi;

tutzorlarni sug‘orish uchun foydalanilgan suv hajmiga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 50 foiz miqdorda qo‘llaniladi;

  1. b) oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida ajratilgan mablag‘lar jun yo‘nalishidagi qo‘ylarni, shuningdek, qo‘lda jun yigirish, ipak matolari, gilam va kigiz to‘qish uskunalarini sotib olishga ham yo‘naltiriladi;
  2. v) Qashqadaryo viloyatining G‘uzor va Dehqonobod tumanlari, Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumani hamda Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on va Boysun tumanlari jun yo‘nalishidagi mayda shoxli mollarni yetishtirishga ixtisoslashtiriladi;
  3. g) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4539-son qarori 9-bandida nazarda tutilgan moliyalashtirish tartibi, istisno tariqasida, qo‘lda jun yigiruvchi, gilam va kigiz to‘quvchi hamda qo‘y va echki terilaridan tayyor mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi hunarmandlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
  4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “Qorako‘lchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4984-son qarori bilan Moliya vazirligi tomonidan qorako‘lchilik sohasini yanada rivojlantirish maqsadida 200 milliard so‘m mablag‘ ajratilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Belgilab qo‘yilsinki:

  1. a) mazkur mablag‘larning 50 milliard so‘m qismi 1-bosqich sifatida jun yo‘nalishidagi mayda shoxli mollarni yetishtirishga ixtisoslashtirilgan tumanlardagi tadbirkorlik subyektlari tomonidan loyihalarni amalga oshirish uchun belgilangan tartibda kredit ajratishga yo‘naltiriladi.

Bunda, ixtisoslashtirilgan tumanlarda mazkur mablag‘lar hisobidan:

respublika iqlimiga mos jun yo‘nalishidagi mayda shoxli mollarni import qilish orqali ularning soni oshiriladi;

yaylovlarda ozuqabop ekinlarni yetishtirish hajmi va yem ishlab chiqarish quvvatlari oshiriladi, jun qirqish va yig‘ish shoxobchalari tashkil etiladi;

junni qayta ishlash quvvatlari tashkil etiladi hamda aholi junni qayta ishlash va undan tayyor mahsulot ishlab chiqarish yo‘nalishida hunarmandchilikka o‘rgatiladi;

  1. b) 2-bosqichda — 2022-yil 1-aprelga qadar Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 50 million AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi mablag‘lar 1-bosqich mablag‘larining ishlatilishi natijalariga ko‘ra tijorat banklari orqali belgilangan tartibda kredit ajratishga yo‘naltiriladi.
  2. Quyidagilar:

Hunarmandchilik asosida qo‘lda shoyi matolar, shu jumladan a’lo baxmal to‘qish hajmini oshirish va to‘qilgan matolarni respublikada keng targ‘ib qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;

2021 — 2025-yillarda pillachilik klastyerlari tomonidan tutzorlarda hamda paxta va g‘alla maydonlari atrofida tut ko‘chatlarini ekish prognoz ko‘rsatkichlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Bunda, 2-ilovaga muvofiq ekiladigan tut ko‘chatlari “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi pillachilik klastyerlarining mablag‘lari hisobidan ekiladi.

  1. 2021 — 2025-yillarda:

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi har yili 30 million tup;

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi huzuridagi Akademik M. Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti har yili 10 million tup tut ko‘chatlari yetishtirib berishni ta’minlasin.

  1. Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi, Respublika “Qorako‘lchilik” uyushmasi va uyushma a’zolarining:

Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasini Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) deb qayta nomlash;

Respublika “Qorako‘lchilik” uyushmasini “Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish” uyushmasi (keyingi o‘rinlarda — Uyushma) deb qayta nomlash to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.

  1. Belgilansinki, Qo‘mitaning doimiy egaligidagi yaylovlar hududida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan dorivor o‘simliklarni, shu jumladan kavrak o‘simligini yig‘ish, ekish va yetishtirish Qo‘mita bilan tuzilgan ijara shartnomalari asosida va unda belgilangan hududlarda amalga oshiriladi.
  2. Quyidagilarga qo‘shimcha vazifalar yuklansin:
  3. a) Qo‘mitaga:

junni qayta ishlash sanoatida raqobatni rivojlantirish, jun yetishtirish va uni qayta ishlash yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash;

junni qayta ishlashga hunarmandlarni keng jalb qilish orqali aholi bandligini ta’minlashga va ularning daromadini oshirishga ko‘maklashish;

xorijiy investitsiyalar, jumladan xalqaro moliya institutlarining mablag‘larini jalb qilish yo‘li bilan sohani rivojlantirish;

  1. b) Uyushmaga:

jun yo‘nalishidagi mayda shoxli mollarni ko‘paytirish, jun ishlab chiqarish hajmini oshirish va uni chuqur qayta ishlash;

Qo‘mitaning doimiy egaligidagi yaylovlar hosildorligini oshirish, yaylov o‘simliklari urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish va kavrak plantatsiyalarini tashkil etishga ko‘maklashish, shuningdek, tabiiy holda o‘suvchi kavrak o‘simliklaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish;

respublika hududlarining tabiiy-iqlim sharoitlariga mos keladigan ozuqabop o‘simliklar yetishtirishni tashkil etish va tayyor mahsulotni yetkazib berish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

respublika hududlarida kavrakni sanoat usulida yetishtirish hajmini ko‘paytirish choralarini ko‘rish, mahsulotni sotish bozorlarini kengaytirish maqsadida marketing tadqiqotlarini olib borish, eksport hajmini oshirish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish.

  1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra 2022-yil 1-yanvardan boshlab:

qorako‘lchilik xo‘jaliklariga ular tomonidan yetishtirilib, eksportga sotilgan har bir dona qorako‘l va qorako‘lcha terilari uchun;

yetishtiriladigan pilla (ho‘l pilla) hosilining bir kilogrammi uchun Davlat budjeti hisobidan ajratiladigan subsidiya Qo‘mita tomonidan beriladi.

Moliya vazirligi 2022-yildan boshlab budjet parametrlarini shakllantirishda tegishli mablag‘larning Qo‘mitaga ajratib borilishini ta’minlasin.

  1. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi 2022-yil 1-yanvarga qadar Qo‘mita taklifiga asosan qo‘y va uning go‘shti hamda go‘sht va ipak mahsulotlarini eksport qilishda import bojlarini bekor qilish masalasini shunday import bojlari mavjud bo‘lgan xorijiy davlatlar bilan o‘tkaziladigan hukumatlararo komissiya majlislarining kun tartibiga kiritsin.
  2. Qo‘mita:

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 2022-yil yakuniga qadar Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlarida, 2025-yilga qadar respublikaning boshqa hududlarida qo‘l mehnati uchun uskunalar xarid qilishga subsidiya ajratish tizimidan keng foydalangan holda, a’lo baxmal ishlab chiqarish hajmini 1 million metrga yetkazish choralarini ko‘rsin. Bunda, Farg‘ona viloyati hokimligi va tadbirkorlik subyektlarining davlat-xususiy sheriklik asosida Farg‘ona viloyatining tumanlarida Ipakchilik-hunarmandchilik markazlarini tashkil etish tajribasi Namangan va Andijon viloyatlarida ham tatbiq etilishi ta’minlansin;

Madaniyat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Turizm va sport vazirligi hamda Transport vazirligi bilan birgalikda xalqaro tadbirlarda ishtirok etuvchi hamda ta’lim muassasalarida, avia va temir yo‘llar tizimida xizmat ko‘rsatuvchi ayollar kiyimida, shuningdek, respublikaning diqqatga sazovor joylarida milliy ipak matolaridan foydalanish bo‘yicha amaliy choralarni ko‘rsin.

  1. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Qo‘mitaning asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq, har yili 1-oktabrga qadar keyingi yil uchun qo‘l mehnati uchun uskunalar xarid qilish bo‘yicha xarajatlarni qoplashga beriladigan subsidiyalar miqdorini shakllantirsin va belgilangan tartibda ajratib borilishini ta’minlasin.
  2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari:

tumanlarda zamonaviy pillani qayta ishlashga ixtisoslashgan korxona faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun yetarli bo‘lgan ozuqa bazasining yaratilishini;

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi bilan birgalikda ishsiz aholi ro‘yxatining shakllantirilishini, ular pillachilik klastyerlariga biriktirilishini hamda pilla yetishtirib, daromad topish bo‘yicha targ‘ibot ishlarining olib borilishini ta’minlasin.

  1. Innovatsion rivojlanish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022-yil 1-iyulga qadar ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq ipak qurti urug‘chiligi, tutchilik va cho‘l-yaylov ozuqabop ekinlar seleksiyasi, yetishtirish agrotexnikasi sohasidagi mavjud muammolarning ilmiy yechimini ta’minlashga qaratilgan tadqiqot loyihalarining tanlov asosida shakllantirilishini va zarur mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin.
  2. Davlat bojxona qo‘mitasi Qo‘mita bilan birgalikda qo‘lda to‘qilgan gilamlar eksporti hajmini oshirish maqsadida xorijiy davlatlardan respublika hududiga olib kirilayotgan tayyor va yarim tayyor gilamlarni “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimida qayta ishlab, eksport qilishda tadbirkorlik subyektlariga barcha zaruriy sharoitlarni yaratsin.
  3. Qo‘mita, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi va uning tarkibidagi korxonalarning 2022-yilda yetishtiriladigan pilla (tirik pilla) xarid narxini 10 foizga oshirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
  4. Qo‘mita manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:

qorako‘lchilik xo‘jaliklariga ularda yetishtirilib eksportga sotilgan har bir dona qorako‘l va qorako‘lcha terilari hamda yetishtiriladigan pilla (tirik pilla) hosili uchun subsidiyalar ajratish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

  1. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari belgilansin.

Qaror ijrosi uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga har chorak yakuni bo‘yicha axborot kiritib borilsin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2021-yil 8-iyul,

PQ-5178-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PQ-5178-son qaroriga

1-ILOVA

Hunarmandchilik asosida qo‘lda shoyi matolar, shu jumladan a’lo baxmal to‘qish hajmini oshirish va to‘qilgan matolarni respublikada keng targ‘ib qilish bo‘yicha

ChORA-TADBIRLAR DASTURI

 

T/r

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish muddati

Mas’ul ijrochilar

Qo‘l mehnatiga mo‘ljallangan uskunalar xarid qilishga subsidiya ajratish tizimini takomillashtirish

1.

Ipak mato va gilam to‘qish dastgohlarini xarid qiluvchi pillachilik korxonalari ro‘yxati va mazkur dastgohlarni xarid qilish uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar to‘g‘risida ma’lumotni shakllantirish.

2021-yil 15-iyul

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi

Shakllantirilgan ro‘yxat va ma’lumotga asosan pillachilik tashkilotlariga qo‘lda ipak mato va gilam to‘qish dastgohlarini xarid qilish uchun belgilangan tartibda subsidiya mablag‘larini ajratish.

2021-yil 1-avgust

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi

A’lo baxmal matosini ishlab chiqarishni jadallashtirish

2.

Farg‘ona viloyati hokimligi va tadbirkorlar hamkorligida davlat-xususiy sheriklik asosida qo‘l mehnatiga mo‘ljallangan uskunalarni xarid qilishga subsidiya ajratish tizimidan keng foydalangan holda Farg‘ona viloyatining 13 ta tumanida
(Oltiariq, Bag‘dod, Beshariq, Buvayda, Dang‘ara, Farg‘ona, Furqat, Quva, Toshloq, So‘x, Uchko‘prik, O‘zbekiston va Yozyovon) jami 5,2 million AQSh dollari ekvivalentidagi investitsiya mablag‘larini jalb qilish orqali (har bir tumanda 400 ming AQSh dollari) Hunarmandlar markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2021-2022-yillar

Farg‘ona viloyati hokimiyati,

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Ushbu markazlarda 3,9 ming nafar xotin-qizlarning a’lo baxmal to‘qishda bandligini ta’minlash va yiliga 236 ming metr a’lo baxmal ishlab chiqarish.

2022-yil yakuniga qadar

3.

Andijon viloyati hokimligi va tadbirkorlar hamkorligida davlat-xususiy sheriklik asosida hunarmandlar markazlari faoliyatini viloyatning 14 ta tumanida jami 5,6 million AQSh dollari (har bir tumanda 400 ming AQSh dollari) miqdorida investitsiya kiritish orqali yo‘lga qo‘yish.

Ushbu markazlarda 4,2 ming nafar xotin-qizlarning a’lo baxmal to‘qishda bandligini ta’minlash va yiliga 254 ming metr a’lo baxmal ishlab chiqarish.

2022-yil yakuniga qadar

Andijon viloyati hokimiyati,

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

4.

Namangan viloyati hokimligi va tadbirkorlar hamkorligida davlat-xususiy sheriklik asosida hunarmandlar markazlari faoliyatini 11 ta tumanda jami 4,4 million AQSh dollari (har bir tumanda 400 ming AQSh dollari) miqdorida investitsiya kiritish orqali yo‘lga qo‘yish.

Ushbu markazlarda 3,3 ming nafar xotin-qizlarning a’lo baxmal to‘qishda bandligini ta’minlash va yiliga 200 ming metr a’lo baxmal ishlab chiqarish.

2022-yil yakuniga qadar

Namangan viloyati hokimligi

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Sifatli ipak matolar ishlab chiqarishni va ularning savdosini tashkil qilish

5.

Respublikada ipak mato to‘qishga ixtisoslashgan korxonalarda zamonaviy mato to‘qish uskunalarini o‘rnatish ishlarini jadallashtirish.

2021-yil 1-dekabr

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi

Respublikaning barcha hududlarida ipak matolar (a’lo baxmal) va ulardan to‘qilgan kiyimlar savdosiga ixtisoslashgan maxsus do‘konlarni tashkil qilish.

2021-yil 1-noyabr

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Xalqaro moda ko‘rgazmalarida ipak matolardan to‘qilgan modellar bilan qatnashish va shu orqali milliy matolarimizni keng targ‘ib qilish.

Doimiy

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Madaniyat, sport va turizm sohasida milliy ipak matolarni targ‘ib qilish

6.

Respublika miqyosida hamda hududlarda o‘tikiladigan madaniy tadbirlar va bayramlarda ishtirokchilarning kiyimlarida hamda bayram o‘tkaziladigan maydonlar (amfiteatr, madaniyat saroylari va boshqalar), avtomobil yo‘llari va piyodalar yo‘laklari chetlarini milliy qadriyatlarimizni targ‘ib qilgan holda bayramona bezashda atlas, adras, shoyi va a’lo baxmal matolaridan keng foydalanish choralarini ko‘rish.

Doimiy

Madaniyat vazirligi,

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Respublikadagi turistlar tashrif buyuradigan madaniy va tarixiy obida (obyekt)larda ishlovchi ayol xodimlarning ish kiyimlarida milliy “ikat” tasviri tushirilgan shoyi matolardan foydalanish choralarini ko‘rish.

Doimiy

Madaniyat vazirligi,

Turizm va sport vazirligi,

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

7.

Xalqaro va milliy darajadagi sport musobaqalarida (olimpiada, xalqaro va milliy sport chempionatlari, xalqaro
sport anjumanlari)
ayol sportchilarning kiyimlarini milliy “ikat” elementlari bilan boyitish.

Doimiy

Turizm va sport vazirligi,

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi

O‘zbekiston Respublikasining transport operatorlari tomonidan milliy ipak matolarni targ‘ib qilish

8.

Yangi ochiladigan metro bekatiga “Ipakchilik” nomini berish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tomonidan ipak matolar ekspozitsiyasini va sohada amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risidagi videoroliklarni namoyish etish uchun metro bekatida maxsus joy ajratish.

2021-2022-yil

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi,

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ,

Transport vazirligi

9.

Milliy bayramlarimiz arafasida aeroportlar, temir yo‘l vokzallari va avtovokzallarni bezashda atlas, adras, shoyi va a’lo baxmal matolardan keng foydalanish.

Doimiy

Transport vazirligi,

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi

10.

“Islom Karimov” nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida milliy qadriyatlarimizni namoyon yetuvchi milliy ipak matolar, tayyor kiyim-kechaklar va ipakli aksessuarlar “Showroom” markazini tashkil qilish.

“Showroom” markazini tashkil qilish uchun 100 kv.m joyni shartnoma asosida milliy ipak matolar, tayyor kiyim-kechaklar va ipakli aksessuarlarni sotuvchi tashkilotlarga ajratish.

2021-yil 1-avgust

Transport vazirligi,

“Uzbekistan airports” AJ,

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi

11.

Transport vazirligi huzuridagi yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi davlat korxonalari va davlat ulushi mavjud transport tashkilotlarida yo‘lovchilarga bevosita xizmat ko‘rsatuvchi ayol xodimlarning maxsus kiyimlarida milliy ipak mato elementlaridan foydalanish.

Forma kiyimi reja bo‘yicha yangilangan paytda

Transport vazirligi,

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi,

“Uzbekistan airways” AJ,

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

Ta’lim tizimida milliy ipak matolarni targ‘ib qilish

12.

Maktablarda ipakchilik tarixi bo‘yicha ochiq darslarni tashkil etish.

Doimiy

Xalq ta’limi vazirligi,

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi

Oliy ta’lim muassasalari va litseylarda o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ishtirokchilari, ta’lim muassasalarining turli yo‘nalishlardagi tanlov musobaqalari jamoalari, to‘garak va klublar a’zolari, milliy bayramlar arafasida talaba qizlarning kiyimlari milliy atlas, adras, shoyi va a’lo baxmal matolardan bo‘lishini ta’minlash.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi

Joylarda ipak matolarni targ‘ib qilish

13.

Respublika hududlarida milliy matolarimizning aholi o‘rtasida o‘ziga xos qadr-qimmatga ega ekanligini hamda xotin-qizlar tomonidan atlas, adras, shoyi va a’lo baxmal matolardan tikilgan kiyimlarni milliy kiyim sifatida kiyilishi to‘g‘risida mahallalarda o‘tkaziladigan uchrashuvlarda keng targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish.

Doimiy

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PQ-5178-son qaroriga

2-ILOVA

2021 — 2025-yillarda pillachilik klastyerlari tomonidan tutzorlarda hamda paxta va g‘alla maydonlari atrofida tut ko‘chatlarini ekish

PROGNOZ KO‘RSATKIChLARI

 

 

 

 

 

 

 

ming tup

T/r

Korxonalar nomi

Tumanlar nomi

2021-yil kuz mavsumi

2022-yil

2023-yil

2024-yil

2025-yil

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1.

“Turtkul Silk Carpets” MChJ

To‘rtko‘l

133

1 193

1 568

365

257

2.

“Bo‘ston-Silk” MChJ

Ellikqal’a

227

1 193

1 568

365

257

3.

“KKR Ipak Cluster” MChJ

Beruniy

57

1 172

1 540

358

252

4.

“Jayxun Silk” MChJ

Amudaryo

235

1 275

1 680

393

277

Jami

651

4 832

6 356

1 481

1 042

Andijon viloyati

5.

“Andijan Silk Co” MChJ

Andijon

338

1 603

2 133

489

339

6.

“Andijon Xanoy ipagi” MChJ

Baliqchi

427

1 732

2 311

531

368

7.

“Asaka Ipagi” MChJ

Asaka

115

1 153

1 513

345

238

8.

“Oltin Zar Ipagi” MChJ

Oltinko‘l

142

1 249

1 645

376

260

9.

“Sapfir Sanoat” MChJ

Shahrixon

1

1 178

1 548

353

244

10.

“Xarir Tola” MChJ

Jalaquduq

261

1 498

1 988

456

316

Jami

1 284

8 413

11 138

2 550

1 764

Buxoro viloyati

11.

“Romstar” QK

Romitan

76

1 706

2 274

521

360

12.

“Buxoro Brilliant Silk” MChJ

Peshku

392

1 603

2 133

488

338

13.

“Kumushkent ipagi” MChJ

Vobkent

201

1 599

2 127

487

337

14.

“Silk Service” MChJ

Buxoro

31

1 603

2 133

488

338

15.

“G'ijduvon ipag tola” MChJ

G‘ijduvon

492

2 010

2 694

618

428

16.

“Olot ipak tolasi” MChJ

Olot

671

2 039

2 733

627

435

17.

“Qorako'l ipak cluster” MChJ

Qorako‘l

774

2 503

3 372

775

538

Jami

2 637

13 062

17 466

4 003

2 773

Jizzax viloyati

18.

“Silk Expert Processing” QK

Do‘stlik

531

1 595

2 122

487

338

19.

“Zomin asl ipak tolasi” XK

Zomin

307

1 291

1 704

390

269

20.

“Al Abbos silk” MChJ

Arnasoy

523

1 568

2 085

478

332

21.

“G'allaorol silk eksport” MChJ

G‘allaorol

249

1 458

1 934

443

307

Jami

1 609

5 912

7 845

1 798

1 246

Qashqadaryo viloyati

22.

“Radiant Silk” QK MChJ

Qarshi

152

1 679

2 237

511

353

23.

“Koson silk” MChJ

Koson

497

2 715

3 665

840

582

24.

“Kasbi silk” MChJ

Kasbi

502

1 834

2 451

560

387

25.

“Chiroqchi-tolasi” MChJ

Chiroqchi

291

1 703

2 270

519

358

26.

“Shahrisabz Silk Praduktion” MChJ

Shahrisabz

517

1 824

2 437

557

385

27.

“Yakkabog' silk production” MChJ

Yakkabog‘

778

2 458

3 311

759

525

Jami

2 737

12 213

16 371

3 746

2 590

Navoiy viloyati

28.

“Qiziltepa pilla xazinasi” XK

Qiziltepa

381

2 024

2 712

636

451

29.

“AL-AZIZ IPAGI” MChJ

Navbahor

303

1 813

2 422

567

401

30.

“Navoiy Silk Produktion” MChJ

Nurota

20

836

1 077

244

168

31.

“Ipak qurti urug'i” MChJ

Karmana

126

1 183

1 554

359

250

32.

“Xatirchi pilla xazinasi” MChJ

Xatirchi

449

2 276

3 059

720

511

Jami

1 279

8 131

10 825

2 526

1 779

Namangan viloyati

33.

“VERIGROW IPAGI” MChJ

Mingbuloq

141

1 303

1 719

397

276

34.

“SilkRow” MChJ

Yangiqo‘rg‘on

176

1 215

1 598

368

256

35.

“FABRICTEX” MChJ

Uchqo‘rg‘on

70

1 178

1 548

356

247

36.

“GOLDEN SILK” MChJ

Namangan

41

1 230

1 620

373

259

37.

“MARJON TOLA FAYZ” MChJ

Uychi

1

1 183

1 554

358

248

38.

“ZILOL SILK” MChJ

To‘raqo‘rg‘on

64

1 256

1 655

381

265

39.

“SOF IPAK INVEST” MChJ

Chortoq

82

1 272

1 676

387

269

Jami

574

8 637

11 371

2 619

1 821

Samarqand viloyati

40.

“Elbek TRJ” MChJ

Pastdarg‘om

543

1 576

2 096

480

332

41.

“Ishtixon silk” MChJ

Ishtixon

528

1 576

2 096

480

332

42.

“Jomboy silk” MChJ

Jomboy

773

1 684

2 245

515

357

43.

“Oqdaryo ipagi” MChJ

Oqdaryo

502

1 576

2 096

480

332

44.

“Tayloq ipagi” MChJ

Toyloq

433

1 462

1 940

444

307

45.

“Kumush Tola” XK

Kattaqo‘rg‘on

163

1 639

2 182

500

346

46.

“Samarkand silk ao” MChJ

Narpay

453

1 587

2 110

484

335

47.

“Ziyovuddin silk” MChJ

Paxtachi

323

1 566

2 082

477

330

48.

“Zar oltin pilla” MChJ

Bulung‘ur

324

1 446

1 916

438

303

49.

“Urgut Silk Fiber Company” MChJ

Urgut

581

1 525

2 025

464

321

50.

“Payariq ipagi” MChJ

Payariq

246

1 530

2 031

465

322

Jami

4 867

17 167

22 820

5 227

3 618

Surxondaryo viloyati

51.

“Surxon Ipagi” MChJ

Sherobod

172

1 363

1 802

413

286

52.

“Nuashen Silkworm Pro” MChJ

Angor

171

1 363

1 802

413

286

53.

“Silk village” MChJ

Jarqo‘rg‘on

214

1 514

2 009

461

320

54.

“Inter Silk Pro” QK MChJ

Termiz

171

1 363

1 802

413

286

55.

“Silk town” MChJ

Qumqo‘rg‘on

214

1 514

2 010

461

320

56.

“Sino Silk” MChJ

Denov

258

1 514

2 010

462

320

Jami

1 201

8 632

11 435

2 623

1 818

Sirdaryo viloyati

57.

“AGRO GLOBAL” MChJ

Sirdaryo

353

1 380

1 826

421

294

Toshkent viloyati

58.

“RAVNAQ-SILK” MChJ

Bekobod

170

1 305

1 723

398

277

59.

“Toshkent Silk PRO” MChJ

Bo‘ka

235

1 302

1 717

396

276

60.

“TURON SILK” MChJ

Oqqo‘rg‘on

148

1 274

1 680

387

270

61.

“JINJUZ SILK CO” MChJ

Ohangaron

182

1 222

1 608

370

257

62.

“TCT Agrocluster” MChJ

Quyichirchiq

134

1 228

1 617

372

259

63.

“BIO FARM ELIT” MChJ

Yangiyo‘l

184

1 186

1 558

358

249

64.

“Oltin pilla 2020” MChJ

Chinoz

177

1 206

1 587

365

254

65.

“Javoxir Silver Silk” MChJ

Bo‘stonliq

197

1 248

1 644

379

264

Jami

1 427

9 972

13 135

3 026

2 105

Farg‘ona viloyati

66.

“NURLI TONG SILK” MChJ

O‘zbekiston

244

1 510

2 005

458

317

67.

“BESNARIQ IPAGI” MChJ

Beshariq

217

1 626

2 165

495

343

68.

“DANG'ARA IPAGI” MChJ

Dang‘ara

247

1 542

2 048

468

324

69.

“Silk World Business” MChJ

Bag‘dod

141

1 331

1 758

401

277

70.

“VODIL IPAK YIGIRUV” ShK

Farg‘ona

273

1 542

2 048

468

324

71.

“VODIY MARJONI” KTIChF

So‘x

177

984

1 279

290

199

72.

“Uchko`prik ipagi” MChJ

Uchko‘prik

204

1 415

1 874

428

296

73.

“TOSNLOQ SILK” MChJ

Toshloq

226

1 437

1 904

435

300

Jami

1 728

11 386

15 081

3 445

2 378

Xorazm viloyati

74.

“Bog'ot silk CO” MChJ

Bog‘ot

75

1 549

2 060

473

328

75.

“KNIVA SILK FABRIC” MChJ

Xiva

74

1 691

2 255

519

360

76.

“Shovot silk” MChJ

Shovot

50

1 445

1 915

439

305

77.

“XORAZM PILLA XOLDING” MChJ

Yangiariq

88

1 572

2 090

480

333

Jami

287

6 257

8 319

1 911

1 327

Respublika bo‘yicha jami:

20 633

115 994

153 987

35 377

24 555

 

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 07/21/5178/0652-son)