“O'zbekipaksanoat”
uyushmasi
Ishonch telefon raqami: +99871 267 23 63
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

“O‘ZBEKIPAKSANOAT” UYUSHMASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

Respublikada pillachilikning ozuqa bazasini jadal rivojlantirish, ipak qurtini parvarish qilish va pilla yetishtirish jarayonlarini uzluksiz takomillashtirish, pilla, xom ipak, ipak kalava ishlab chiqarish va ularni chuqur qayta ishlashning samarali usullarini keng joriy etish, ipakdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, sohaning eksport salohiyatini yuksaltirish hamda qishloq joylarda aholi bandligi va daromadlari darajasini oshirishni ta’minlaydigan yagona va yaxlit tashkiliy-texnologik tizimni barpo etish asosida pillachilik tarmog‘ini kompleks rivojlantirish maqsadida:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zbekyengilsanoat” aksiyadorlik jamiyati, tijorat banklari va pillachilik tarmog‘i tashkilotlarining “O‘zbekipaksanoat” uyushmasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin, uning tarkibiga quyidagilar kiradi:

Oldingi tahrirga qarang.

(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-dekabrdagi PQ-4047-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.12.2018-y., 07/18/4047/2269-son)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar “Pilla” hududiy birlashmalari negizida tashkil etiladigan hududiy “Agropilla” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari;

tuman va tumanlararo “Pilla” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari negizida tashkil etiladigan tuman “Agropilla” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari;

ipak qurti urug‘ini ishlab chiqarish, pillani qayta ishlash hamda ipak gazlamalar va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha tashkilotlar.

  1. Quyidagilar “O‘zbekipaksanoat” uyushmasining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin:
  2. a) ozuqa bazasini takomillashtirish bo‘yicha:

tarmoqning ozuqa bazasini mustahkamlash, tut qatorlari va tutzorlarni kengaytirish maqsadida sug‘oriladigan yer maydonlari ajratish bo‘yicha tegishli davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan o‘zaro samarali hamkorlikni ta’minlash;

ipak qurti parvarish qilinmaydigan davrlarda pillaxonalar va tutzorlarda ikkilamchi faoliyatni amalga oshirish hisobiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni yo‘lga qo‘yish, ularni ichki va tashqi bozorlarda sotish;

  1. b) ipak qurti urug‘i va pilla yetishtirish, tayyorlash va birlamchi qayta ishlash bo‘yicha:

Uyushma tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga ipak qurtining yuqori mahsuldor zotlarini yaratish, parvarish qilish va sifatli urug‘ ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashish;

respublika hududlari bo‘yicha pilla yetishtirishning prognoz hajmlarini belgilash, pilla tayyorlash va qayta ishlash tashkilotlari bo‘yicha pilla yetishtirish uchun buyurtmalarni joylashtirish;

sifatli pilla yetishtirish va tayyorlash, uni dastlabki qayta ishlash, xom ipak va ipak kalava ishlab chiqarish bo‘yicha yangi quvvatlarni tashkil etish va mavjudlarini modernizatsiya qilishni tashkil etish;

  1. v) pillani chuqur qayta ishlashni tashkil etish bo‘yicha:

ipakdan tayyor mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish va uning sifatini yanada yaxshilash, uning eng xaridorgir turlari va dizaynini o‘zlashtirish, tarmoq mahsulotlarini xalqaro talablarga muvofiq sertifikatlashtirish va standartlashtirishni ta’minlash, sifat menejmentining zamonaviy usullarini keng joriy etishga doir ishlarni samarali tashkil etish;

mahsulot sotish bozorlarini kengaytirish bo‘yicha marketing tadqiqotlari olib borish, ipak mahsulotlari narxini shakllantirishning maqbul mexanizmini yaratish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish hamda tayyor ipak mahsulotlari eksporti hajmini oshirish;

  1. g) tarmoqni jadal rivojlantirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha:

pillachilik tarmog‘ini rivojlantirish borasida qabul qilingan dasturiy chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, yagona ilmiy-texnik, texnologik, investitsiyaviy va eksport siyosatini izchil yuritish hamda ichki va tashqi bozordagi narxlar monitoringini olib borish;

normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, imtiyoz va yengilliklar berish, xalqaro moliyaviy institutlar va donor mamlakatlarning mablag‘larini jalb qilish orqali Uyushma tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga ko‘maklashish;

Uyushma tarkibiga kiruvchi tashkilotlar manfaatlarini ko‘zlab, davlat bojini to‘lamasdan sudga da’vo arizalari tayyorlash va taqdim etish hamda davlat organlarining qarorlari, ularning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish.

Oldingi tahrirga qarang.

  1. d) qo‘lda to‘qilgan gilamchilikni rivojlantirish bo‘yicha:

qo‘lda to‘qilgan gilamlarning ichki va tashqi bozorlarini tizimli tahlil qilish;

tadbirkorlik subyektlarini qo‘lda gilam to‘qish kooperatsiyalariga jalb qilish, ularni gilamchilik sohasida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi uchun o‘qitish, shuningdek, bu jarayonga xorijiy mamlakatlardan malakali mutaxassislarni jalb qilish va innovatsion texnologiyalarni keng tatbiq etish;

band bo‘lmagan aholini, ayniqsa yoshlar, ayollar va kam ta’minlangan oilalarni gilamchilik bilan shug‘ullanishga qiziqtirish, ularni o‘qitish va malakasini oshirish, gilam to‘qish ko‘nikmasini shakllantirish, joylarda kichik ishlab chiqarish sexlari hamda aholi xonadonlarida gilam to‘qishni tashkil etish orqali ularning bandligini ta’minlashda ko‘maklashish;

hududlarda ipak, ipak chiqindilari, jun va paxta aralashmali gilamlar to‘qishni tashkil etish uchun hunarmandlar va tashkilotlarni kerakli miqdorda xomashyo hamda gilam to‘qish dastgohlari va moslamalari bilan ta’minlash choralarini ko‘rish;

qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish maqsadida ipakni qayta ishlash tashkilotlari, chorvachilik xo‘jaliklari va gilamchilik hunarmandlari o‘rtasida kooperatsiyani yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashish;

gilamchilikka oid seminar, anjuman, yarmarka va ko‘rgazmalar tashkil qilish, shuningdek, mahalliy gilamchilik tashkilotlari hamda hunarmandlarining xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan yarmarka va ko‘rgazmalarda ishtirok etishida amaliy yordam ko‘rsatish;

xalqaro sifat standartlarini joriy qilish va qo‘lda to‘qilgan gilamchilik mahsulotlarini eksport qilish ishlarini tashkil etish bo‘yicha yaqindan ko‘maklashish.

(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-iyundagi PQ-4759-sonli qaroriga asosan “d” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2020-y., 07/20/4759/0970-son)

Oldingi tahrirga qarang.

  1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, pillachilik tarmog‘i tashkilotlari “O‘zbekipaksanoat” uyushmasining muassislari hisoblanadi.

(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-dekabrdagi PQ-4047-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.12.2018-y., 07/18/4047/2269-son)

Oldingi tahrirga qarang.

  1. “O‘zbekipaksanoat” uyushmasining tashkiliy tuzilmasi hamda uning boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 53 nafar bo‘lgan ijro etuvchi apparati tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.

(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-iyundagi PQ-4759-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2020-y., 07/20/4759/0970-son)

  1. Belgilab qo‘yilsinki:

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining raisi va uning o‘rinbosarlari muassislar umumiy yig‘ilishining qarori bilan saylanadi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimiga tasdiqlanadi hamda maqomiga ko‘ra tegishli ravishda vazir va vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi;

Oldingi tahrirga qarang.

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi ijro etuvchi apparatining joriy ta’minoti va faoliyatini moliyalashtirish uning tarkibiga shartnoma asosida kiruvchi pillachilik tarmog‘i tashkilotlarining ajratmalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-dekabrdagi PQ-4047-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.12.2018-y., 07/18/4047/2269-son)

Oldingi tahrirga qarang.

  1. “O‘zbekipaksanoat” uyushmasini tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy tadbirlarni muvofiqlashtirish va ularni amalga oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda Ishchi guruh deb ataladi) 4-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.

(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-dekabrdagi PQ-4047-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.12.2018-y., 07/18/4047/2269-son)

Ishchi guruhga O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda 2017 — 2021-yillarda pillachilik tarmog‘ini kompleks ravishda yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqish va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi yuklansin.

Ishchi guruh chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqishda quyidagi ustuvor vazifalarga e’tiborni qaratsin:

Uyushma va uning tarkibiy bo‘linmalarini tashkil etishga doir tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, pillachilik sohasidagi qonun hujjatlari va normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish;

yangi tutzorlarni barpo etish, tut qatorlarini kengaytirish va mavjud tutzorlarni modernizatsiya qilish orqali pillachilikning ozuqa bazasini mustahkamlash;

ipak qurti urug‘ining mahsuldor zotlarini yaratish va joriy etish, importni qisqartirish va kelgusida respublikaning ichki ehtiyojini to‘liq ta’minlash maqsadida ularni ishlab chiqarish hajmlarini bosqichma-bosqich oshirib borish;

pilla yetishtirish va tayyorlash hajmlarini bosqichma-bosqich ko‘paytirish, sifatini yanada yaxshilash, ipak qurtining mahsuldorligini oshirish;

pillaga dastlabki ishlov berishning mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini xatlovdan o‘tkazish, ushbu tizimni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

pillachilik tarmog‘i tashkilotlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun ko‘mir, polietilen, polipropilen, mineral o‘g‘itlar va yoqilg‘i-moylash materiallarini o‘z vaqtida, tartibga solinadigan narxlar bo‘yicha ajratish orqali belgilangan tartibda moddiy-texnika resurslarini yetkazib berish hamda pillachilik tarmog‘ining xo‘jalik yurituvchi subyektlarini elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash;

sifat menejmentining zamonaviy usullarini, tayyor mahsulotning xaridorgir turlari va dizaynini keng joriy etish, uning xalqaro talablarga muvofiq sertifikatlashtirilishi va standartlashtirilishini ta’minlash;

kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, oliy ta’lim muassasalarida pillachilik tarmog‘i uchun kadrlar tayyorlash yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarini takomillashtirish va yangilash.

  1. 2023-yil 1-yanvargacha:

ipak qurti urug‘ini ishlab chiqarish, pillani yetishtirish, tayyorlash va qayta ishlash, tayyor ipak mahsulotlar hamda pillachilik tarmog‘i uchun yordamchi materiallarni (sun’iy pilla o‘rash dastalari) ishlab chiqarishdan olinadigan daromadlar — yuridik shaxslarning yagona soliq to‘lovini to‘lashdan;

Oldingi tahrirga qarang.

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar hamda ipak qurti urug‘ini ishlab chiqarish, pillani tayyorlash va qayta ishlash tashkilotlari tomonidan olib kelinadigan pilla yigirish va ipak gazlama to‘qish dastgohlarining ehtiyot qismlari, tut daraxti urug‘i va ko‘chatlari, ipak qurtining superelita, elita va sanoat urug‘lari belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin;

(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-iyuldagi PQ-4411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2019-y., 07/19/4411/3500-son)

uy sharoitida tirik pilla yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi (kasanachi)lar — jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lashdan ozod etilsin;

pilla yetishtiruvchi tashkilotlar — pilla yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi kasanachilar va boshqa ishchi-pillakorlar mehnatiga haq to‘lashga yo‘naltiriladigan mablag‘lari bo‘yicha yagona ijtimoiy to‘lovdan ozod etilsin va bundan bo‘shagan mablag‘lar kasanachilar va ishchi-pillakorlarni moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltirilsin.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda Mehnat vazirligining pillachilikni, pillachilik tarmog‘i ishchilari va tirik pilla yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi kasanachilarni qonun hujjatlarida tasdiqlangan to‘liq bir mavsum ishlangan davrlari ularga pensiya tayinlash uchun bir yil mehnat stajiga o‘tadigan mavsumiy ishlar va sanoatning mavsumiy tarmoqlari ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “O‘zbekipaksanoat” uyushmasining buyurtmanomalariga ko‘ra pillachilik tarmog‘ida ishlashga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga konsullik va boshqa yig‘imlar undirilmasdan kirish vizalari rasmiylashtirilishini ta’minlasin.

Oldingi tahrirga qarang.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “O‘zbekipaksanoat” uyushmasining buyurtmanomalariga ko‘ra pillachilik tarmog‘ida ishlashga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmasdan ko‘p martalik vizalar berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini va uning muddati uzaytirilishini ta’minlasin.

(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)

  1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi “O‘zbekipaksanoat” uyushmasining buyurtmanomalariga ko‘ra pillachilik tarmog‘ida ishlash uchun yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari orasida bunday mutaxassislar bo‘lmagan taqdirda) O‘zbekiston Respublikasiga jalb etishga ruxsatnomalar berishni (uzaytirishni), shuningdek, ko‘rsatib o‘tilgan xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (uzaytirilishini) ta’minlasin.
  2. “O‘zbekipaksanoat” uyushmasiga Uyushma a’zolarining manfaatlarini ko‘zlab sudga da’vo arizalarini taqdim etish, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish huquqi berilsin.
  3. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “O‘zbekipaksanoat” uyushmasini belgilangan tartibda telekommunikatsiya tarmoqlariga, jumladan, hukumat aloqasiga ulashni ta’minlasin.
  4. O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Fermerlari kengashi, Toshkent shahri hokimligi “O‘zbekipaksanoat” uyushmasini joylashtirish uchun Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Ismoil ota ko‘chasidagi 1-a uydan ijara haqi bo‘yicha “nol” stavkasini belgilagan holda zarur maydon ajratsin.
  5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
  6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

 LexUZ sharhi

Ushbu qaror “Xalq so‘zi” gazetasining 2017-yil 30-martdagi 62-63 (6756-6757)-sonida e’lon qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 29-mart,

PQ-2856-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-martdagi PQ-2856-son qaroriga
1-ILOVA

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining

tashkiliy tuzilmasi

              

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi

              
                            
                            
                                   
                                   
 

Buxoro (1), Qashqadaryo (1) va Surxondaryo (1) viloyatlaridagi hududiy “Agropilla” MChJlari

  

Qoraqalpog‘iston Respublikasi (1) va Xorazm (1) viloyatidagi hududiy “Agropilla” MChJlari

  

Samarqand (1), Navoiy (1) va Jizzax (1) viloyatlaridagi hududiy “Agropilla” MChJlari

  

Farg‘ona (1), Namangan (1) va Andijon (1) viloyatlaridagi hududiy “Agropilla” MChJlari

  

Toshkent (1) va Sirdaryo (1) viloyatlaridagi hududiy “Agropilla” MChJlari

 
          
          
          
          
          
          
                         
               

Samarqand (14), Navoiy (5) va Jizzax (12) viloyatlaridagi tuman “Agropilla” MChJlari

  

Farg‘ona (15), Namangan (12) va Andijon (14) viloyatlaridagi tuman “Agropilla” MChJlari

  

Toshkent (10) vaSirdaryo (8) viloyatlaridagi tuman “Agropilla” MChJlari

 
 

Buxoro (10), Qashqadaryo (12) va Surxondaryo (12) viloyatlaridagi tuman “Agropilla” MChJlari

  

Qoraqalpog‘iston Respublikasi (7) va Xorazm (10) viloyatidagi tuman “Agropilla” MChJlari

       
          
          
          
          
          
                         
               

Samarqand (3), Navoiy (1) va Jizzax* viloyatlarida joylashgan ipak qurti urug‘ini ishlab chiqarish bo‘yicha tashkilotlar

  

Farg‘ona (4), Namangan (2) va Andijon (4) viloyatlarida joylashgan ipak qurti urug‘ini ishlab chiqarish bo‘yicha tashkilotlar

  

Toshkent (2) va Sirdaryo* viloyatlarida joylashgan ipak qurti urug‘ini ishlab chiqarish bo‘yicha tashkilotlar

 
 

Buxoro*, Qashqadaryo (1) va Surxondaryo (1) viloyatlarida joylashgan ipak qurti urug‘ini ishlab chiqarish bo‘yicha tashkilotlar

  

Qoraqal�og‘iston Respublikasi* va Xorazm viloyatida (1) joylashgan ipak qurti urug‘ini ishlab chiqarish bo‘yicha tashkilotlar

       
          
          
          
          
          
          
                         
          

Samarqand (4), Navoiy (2) va Jizzax (1) viloyatlaridagi pillani qayta ishlash tashkilotlari

  

Farg‘ona (5), Namangan (4) va Andijon (4) viloyatlaridagi pillani qayta ishlash tashkilotlari

  

Toshkent (1) va Sirdaryo* viloyatlaridagi pillani qayta ishlash tashkilotlari

 
   

Qoraqalpog‘iston Respublikasi (1) va Xorazm (1) viloyatidagi pillani qayta ishlash tashkilotlari

       
               
 

Buxoro (4), Qashqadaryo (1) va Surxondaryo (2) viloyatlaridagi pillani qayta ishlash tashkilotlari

         
          
          
          
                    
                 

Farg‘ona (3), Namangan (2) va Andijon* viloyatlaridagi ipak gazlamalar va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish tashkilotlari

  

Toshkent* va Sirdaryo* viloyatlaridagi ipak gazlamalar va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish tashkilotlari

 
   

Qoraqalpog‘iston Respublikasi* va Xorazm* viloyatidagi ipak gazlamalar va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish tashkilotlari

  

Samarqand*, Navoiy* va Jizzax* viloyatlaridagi ipak gazlamalar va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish tashkilotlari

     
               
 

Buxoro (1), Qashqadaryo* va Surxondaryo* viloyatlaridagi ipak gazlamalar va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish tashkilotlari

         
          
          
          
          
               
              


Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti

 
                         
                         
                         
                              
                                   
                             


Tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti (1)**

 
                              
                              
                              
                              
                                   
                                     

Izoh. Ushbu tashkilotlarning “O‘zbekipaksanoat” uyushmasining tashkiliy tuzilmasiga kiritish yoki undan chiqarish shartnoma asosida amalga oshiriladi.

* Yangi korxonalarni tashkil etish ko‘zda tutilgan.

** Ilmiy-tadqiqot sohasida “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi.

 LexUZ sharhi

1-ilova norkasmiy tarjima.

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-martdagi PQ-2856-son qaroriga
2-ILOVA

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi ijro etuvchi apparatining

TUZILMASI

Oldingi tahrirga qarang.

Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 53 nafar.

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-sentabrdagi PQ-4817-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 07/20/4817/1254-son)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-martdagi PQ-2856-son qaroriga
4-ILOVA

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasini tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy tadbirlarni muvofiqlashtirish va ularni amalga oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha ishchi guruh

TARKIBI

Z.T. Mirzayev

Bosh vazir o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vaziri, Ishchi guruh raisi

S.X. Bekenov

iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari, Ishchi guruh raisi o‘rinbosari

A.J. Vaxabov

qishloq va suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari

M.M. Mirzayev

moliya vaziri o‘rinbosari

Sh.O. Tulyaganov

tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri o‘rinbosari

A.A. Usmanov

adliya vaziri o‘rinbosari

D.A. Xidoyatov

Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi

S.S. Xodjayev

Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari

B.Y. Raimov

Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari

X.A. Shakirov

Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari

I.U. Haydarov

“O‘zbekyengilsanoat” AJ raisi

Lavozimi bo‘yicha

Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari axborot-tahlil departamenti mudiri, Ishchi guruh kotibi

 LexUZ sharhi

4-ilova norasmiy tarjima.

 

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 13-son, 204-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.12.2018-y., 07/18/4047/2269-son, 01.08.2019-y., 07/19/4411/3500-son; 26.06.2020-y., 07/20/4759/0970-son, 03.09.2020-y., 07/20/4817/1254-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)