“O'zbekipaksanoat”
uyushmasi
Ishonch telefon raqami: +99871 267 23 63
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Quyidagilar uyushmaning asosiy maqsadi va faoliyati yoʼnalishlari etib belgilanadi:

a) Pillachilik yetishtirish ozuqa bazasini takomillashtirish boʼyicha:

Tarmoqning ozuqa bazasini mustahkamlash, tut qatorlari va tutzorlarni kengaytirish maqsadida sugʼoriladigan yer maydonlari ajratish boʼyicha tegishli davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan oʼzaro samarali hamkorlikni taʼminlash:

ipak qurti parvarish qilinmaydigan davrlarda pillaxonalar va tutzorlarda ikkilamchi faoliyatni amalga oshirish xisobiga qishloq xoʼjaligi mahsulotlari yetishtirishni yoʼlga qoʼyish, ularni ichki va tashqi bozorlarda sotish:

b)ipak qurti urugʼi va pilla yetishtirish, tayyorlash va birlamchi ishlash boʼyicha:

Uyushma tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga ipak qurtning yuqori mahsuldor zotlarini yaratish, parvarish qilish va sifatli urugʼ ishlab chiqarishni yoʼlga qoʼyishda koʼmaklashish:

Respublika hududlari boʼyicha pilla yetishtirishning prognoz hajmlarini belgilash, pilla tayyorlash va qayta ishlash tashkilotlari boʼyicha pilla yetishtirish uchun buyurtmalarni joylashtirish:

Sifatli pilla yetishtirish va tayyorlash, uni dastlabki qayta ishlash, hom ipak va ipak kalava ishlab chiqarish boʼyicha yangi quvvatlarni tashkil va mavjudlarini modernizatsiya qilishni tashkil etish:

d) pillani chuqur qayta ishlashni tashkil etish boʼyicha:

ipakdan tayyor mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini koʼpaytirish va uning sifatini yanada yaxshilash, uning eng haridorgir turlari va dizaynini oʼzlashtirish, tarmoq maxsulotlarini xalqaro talablarga muvofiq sertifikatlashtirish va standartlashtirishni taʼminlash, sifat menejmentining zamonaviy usullarini keng joriy etishga doir ishlarni samarali tashkil etish:

mahsulot sotish bozorlarini kengaytirish boʼyicha marketing tadqiqotlari olib borish, ipak mahsulotlari narhini shakllantirishning maqbul mexanizmini yaratish boʼyicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish hamda tayyor ipak mahsulotlari eksporti hajmini oshirish:

d) tarmoqni jadal rivojlantirishni muvofiqlashtirish boʼyicha:

pillachilik tarmogʼini rivojlantirish borasida qabul qilingan dasturiy chora-tadbirlar amalga oshirishni muvofiqlashtirish, yagona ilmiy-texnik, texnologik, investitsiyaviy va eksport siyosatni izchil yuritish hamda ichki va tashqi bozordagi narxlarini monitoringini olib borish:

normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, imtiyoz va yengillik berish, xalqaro moliyaviy istitutlar va donor mamlakatlar mablagʼlarini jalb qilish orqali Uyushma tarkibiga kiruvchi tashkilotlarni davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlanishiga koʼmaklashish:

Uyushma tarkibiga kiruvchi tashkilotlar manfaatlarini koʼzlab, davlat bojini toʼlamasdan sudga daʼvo arizalar tayyorlash va taqdim etish hamda davlat organlarining qarorlari ularning mansabdor shaxslarning harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish.

Uyushmaning faoliyati:

  1. • Uyushma aʼzolari faoliyatida ijtimoiy, moliyaviy iqtisodiy, rivojlantirishda koʼmaklashish:
  2. • Uyushma aʼzolari faoliyatini muvofiqlashtirish, samarali iqtisodiy faoliyat, haqqoniy raqobat uchun sharoitlarni yaratish:
  3. • Uyushma aʼzolarining faoliyatidagi muammolarga doir axborot xizmatini tashkillashtirishga yordam koʼrsatish:
  4. • Tadbirkorlik faoliyatidagi yangi ekologik texnologiyalarni joriy qilishga va muqobil energetika texnologiyalarini tarqatishda koʼmaklashish:
  5. • Davlat idoralari hamda boshqa muassasa, korxona va tashkilot oldida oʼz aʼzolarining qonuniy huquq va manfaatlarini taqdim qilish va himoya qilishda yordam berish:
  6. • Kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish maqsadida ularni oʼqitishni tashkil etish: