“O'zbekipaksanoat”
uyushmasi
Ishonch telefon raqami: +99871 267 23 63
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Qo'mita raisi Qozog'istonlik hamkorlar bilan uchrashdi

2024-02-03 10:49:20

 

Bugun Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo'mitasi raisi I.Ergashev "Kazak jibeki" uyushmasi raisi S.Bakirov hamda Qozog'istonning Turkiston viloyati hokimligi Tadbirkorlik va sanoat boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari N.Abdurazakovalarni qabul qildi.

 

Ma'lumki, Qozog'istonda ham O'zbekiston tajribasi asosida pillachilikni rivojlantirishga kirishilgan.

 

Bugungi uchrashuvda ham ana shu hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish bo'yicha ba'zi masalalar muhokama qilindi.

 

Xususan joriy yil bahor mavsumida Andijon viloyatidagi "Ipak ko'chat" tutchilik klasteri tomonidan qozog'istonlik hamkorlarga qiymati 2 million dollarga teng tut ko'chatlarini yetkazib berishga kelishib olindi.

 

Shuningdek, urug'chilik va ilmiy-nazariy jihatdan rivojlanish uchun o'zbek olimlarini jalb qilish bo'yicha ham masalalar muhokama qilindi.