Bugun "O'zbekipaksanoat" uyushmasi raisi O.Jumayev boshchiligida hududiy "Agropilla" MCHJ rahbarlari va ipakchilik klasterlari rahbarlari ishtirokida videokonferensaloqa orqali yig'ilish bo'lib o'tdi.
Mazkur yig'ilishda ipak mahsulotlari eksporti, sohaga investitsiya dasturlarini jalb qilish, ijro intizomi hamda joriy yil bahorgi pilla yetishtirish mavsumi uchun ipak qurti urug'lariga tuzilayotgan shartnomalar holati masalalari ko'rib chiqildi.