“O'zbekipaksanoat”
uyushmasi
Ishonch telefon raqami: +99871 267 23 63
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Videokonferensaloqa orqali kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tdi

2024-01-31 11:34:51

 

Bugun Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo'mitasi raisi I.Ergashev boshchiligida hududiy "Agropilla" MCHJ rahbarlari va ipakchilik klasterlari, urug'chilik korxonalari va tutchilik xo'jaliklari rahbarlari ishtirokida videokonferensaloqa orqali kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tdi.

 

Mazkur yig'ilishda joriy yil bahorgi pilla yetishtirish mavsumi uchun kasanachilar bilan shartnoma tuzish ishlarining holati, pilla qurti ozuqa bazasini rivojlantirish maqsadida bahorgi mavsumda hududlarda tut ko'chatlarini ekish ishlarini tashkil qilish, hamda ijro intizomi kabi masalalar ko'rib chiqildi.

 

Bahorgi pilla yetishtirish mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil qilish, joriy kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko'rsatma berildi.