“O'zbekipaksanoat”
uyushmasi
Ishonch telefon raqami: +99871 267 23 63
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo'mitasida  videokonferensaloqa orqali yig'ilish bo'lib o'tdi

2024-01-29 20:31:22

 

Bugun Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo'mitasida O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari Z.Mahkamova boshchiligida Farg'ona, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo hamda Xorazm viloyatlari hududdiy "Agropilla" rahbarlari, Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi hududiy boshqarma boshliqlari ishtirokida videokonferensaloqa orqali yig'ilish bo'lib o'tdi.

 

Mazkur yig'ilishda yuqorida ta'kidlangan viloyatlarda namuna sifatida vyetnam usulida pilla yetishtirishni joriy qilish, pilla qurti boqishda agrotexnik vositalarga amal qilinishi bo'yicha ilmiy-amaliy o'quv seminarlari tashkil etish hamda, hududlardagi ishsiz, ammo mehnatga layoqati bor xotin-qizlarni mazkur sohaga jalb qilish va ularni o'qitish masalalari muhokama qilindi. 

 

Yig'ilish davomida mazkur yo'nalishda amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi, hamda joylarda ijro etilishi yuzasidan ko'rsatma berildi.