“O'zbekipaksanoat”
uyushmasi
Ishonch telefon raqami: +99871 267 23 63
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Qashqadaryoda ipakchilik kompleksi tashkil etiladi

2024-01-27 18:12:01

 

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mita raisi Iqboljon Ergashev va “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi raisi Olimjon Jumayev Xitoyning Chunsin shahridagi 
“Chongqing Sunfeel Intelligent Technology Co., Ltd” kompaniyasi ta’sischisi Chj. Yunchjunni qabul qilishdi. bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Mazkur uchrashuvda Qashqadaryoda ipakchilik kompleksi tashkil qilish loyihasi muhokama qilingan.

 

Muzokara yakuniga ko‘ra Qashqadaryoda quriladigan ipakchilik kompleksi loyihasi amalga oshirilishiga kelishib olingan. 

 

Xususan, joriy yilda 500 gektarda yomg‘irlatib sug‘orish hisobiga tut plantatsiyalari yaratiladi va yiliga ming tonna ho‘l pillani quritish hamda qayta ishlash maqsad qilingan.

 

Shuningdek, pilladan mato va tayyor mahsulot, jumladan,  kiyim-kechak, gazlama va boshqa shunga o‘xshash ishlab chiqarish obyekti qurilishi rejalashtirilmoqda.