“O'zbekipaksanoat”
uyushmasi
Ishonch telefon raqami: +99871 267 23 63
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Xitoyning tutchilik va ipak qurti urug‘chiligi kompaniyalari rahbarlaridan iborat delegatsiya bilan muzokaralar olib borildi

2024-01-27 18:06:52

 

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo'mitasida qo'mita raisi I.Ergashev "O'zbekipaksanoat" uyushmasi raisi O.Jumayev bilan birgalikda Xitoyning Janubiy-G‘arbiy universiteti professorlari, “Muguan Ltd” va “Tongxiang Tonghui Seedlings Co., Ltd.” Tutchilik va ipak qurti urug‘chiligi kompaniyalari rahbarlaridan iborat delegatsiya bilan muzokaralar olib borildi.

 

Uchrashuvda Toshkent shahridagi Ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti bilan hamkorlik o‘rnatish, O‘zbekiston viloyatlarining birida ipakchilik klasterini tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.

 

Xitoy universiteti va sanab o‘tilgan xitoy kompaniyalari hamkorlikda O‘zbekiston sharoiti uchun mos, serhosil tut navlari va ipak qurti urug‘larini yaratish ustida ishlashni rejalashtirmoqda.