“O'zbekipaksanoat”
uyushmasi
Ishonch telefon raqami: +99871 267 23 63
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Respublikada birinchi pilla hosili yetishtirildi

2023-04-29 15:32:13

 

 

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi boshqaruv raisi O.Jumayev hamda raisning birinchi o‘rinbosari M.Hakimov Namangan viloyati Chortoq tumanida bo‘lib, kasanachi xonadonidagi O‘zbekiston respublikasida birinchilardan bo‘lib olingan pilla hosili bilan tanishdi.

 

Namangan viloyati Chortoq tumanidagi kasanachi Anorxon aya Imomaliyeva joriy yil bahorgi ipak qurti boqish mavsumida 1 quti ipak qurti urug‘i parvarishlab, undan 61 kg ho‘l pilla hosilini oldi. 

 

Shuningdek, uyushma raisi tomonidan chortoqlik kasanachiga esdalik sovg'alar ulashildi.