“O'zbekipaksanoat”
uyushmasi
Ishonch telefon raqami: +99871 267 23 63
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Shofirkon: Denov, Tezguzar va Pattaxonda ham ipak qurti parvarishi avjida

2023-04-29 15:27:44

 

 

O‘tgan yilgi mavsumda Shofirkon tumanida biolaboratoriyalarida jonlantirilgan 3 ming 524 quti ipak qurtidan bahorgi va kuzgi mavsumda ancha barakali, yaʼni 216 tonnaga yetkazib sanoat uchun qimmatbaho xom ashyo yetishtirilgan va bu boradagi reja 107 foizga bajarilgan, yakunda “kumush tola” xirmonidan 5,5 milliard so‘mga yaqin daromad olingan. 

 

Bunda tumandagi 1 ming 600 dan ortiq oilaviy zvenoning xizmati katta, albatta. Joriy yilda esa hududdagi 37 ta biolaboratoriyada har ikki mavsumda 3 ming 706 quti ipak qurti jonlantirilayotgan bo‘lsa, shundan ayni bahor mavsumida 80 foizga teng, yaʼni 2 ming 965 quti ipak qurti kasanachilar orqali parvarishlanmoqda. 

 

Shu kecha-kunduzda mavjud barcha kuch va imkoniyat dastlabki mavsumda 193 tonnaga yetkazib xirmon ko‘tarishga qaratilgan. Bu har bir quti hisobidan o‘rtacha 65 kilogramm pilla deganidir.