“O'zbekipaksanoat”
uyushmasi
Ishonch telefon raqami: +99871 267 23 63
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Buxoro viloyatida ipak qurti parvarish qilish ishlari avj pallada

2023-04-18 12:51:54

 

Buxoro viloyatining barcha tumanlarida jonlangan ipak qurti urug‘larini pillakorlar va kasanachilarga tarqatish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Xonadonlarda parvarishlanayotgan ipak qurtlari maxsus guruh tomonidan doimiy nazoratga olingan.

 

Maʼlumot uchun: viloyatda birinchi mavsum uchun 37 ming 173 quti ipak qurti urug‘lari jonlantirishga qo‘yilgan. 

 

Jonlantirishga qo‘yilgan ipak qurti urug‘larining 35 651 qutisini xorijiy, 1 522 qutisini mahalliy ipak qurti urug‘i tashkil qiladi.