“O'zbekipaksanoat”
uyushmasi
Ishonch telefon raqami: +99871 267 23 63
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasida Xitoy Xalq Respublikasining Qashg‘ar shahar Xalq hukumati investorlar delegatsiyasi a'zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2023-04-13 07:58:32

 

 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yil 23-mart kuni o‘tkazilgan oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish, bahorgi ekin mavsumini samarali tashkil etish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida 105 ming gektar yangi tutzorlar qilish, Xitoy va Vyetnam usulida pillachilikni rivojlantirish xususida topshiriqlar berildi.  

 

Uning zamirida 105 ta pillani qayta ishlash korxonalari tashkil etilishi belgilandi. Shu munosabat bilan xorijiy investorlarni mamlakatimizga jalb qilish borasida ham tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.  

 

Shuningdek, davlatimiz rahbari shu yil 7-aprel kuni Sirdaryo viloyatiga tashrifi doirasida Sirdaryoni sanoat, tadbirkorlik, qishloq xo‘jaligi, taʼlim va tibbiyot bo‘yicha “ilg‘or innovatsiyalar hududi”ga aylantirishda Xitoy tajribasiga tayanish lozimligi, Xitoy modeli asosida innovatsion loyihalar amalga oshirish borasida topshiriq bergan edi.  

 

Shunga ko‘ra, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan Sirdaryoda 5 ming gektar tutzor va 5 ga yaqin korxona qurish rejalashtirilgan. Ayni kunlarda tashabbuskorlarni jalb qilish ishlari amalga oshirilmoqda..  

 

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining ipakchilik tarmog‘idagi yagona davlat siyosatini yurituvchi “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi urug‘chilik yo‘nalishida Xitoy Xalq Respublikasidagi 3 ta yirik korxona bilan hamkorlik qiladi.  

 

Uchrashuvda pillachilik sohasidagi bugungi ish jarayonlari, jumladan, hozirda respublikamizda 11 ta ipak qurti urug‘chilik korxonalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgani, 2023-yil 4 mavsumda 510 ming quti ipak qurti parvarishlanib, undan 28,3 ming tonna pilla xomashyosi yetishtirish rejalashtirilgani xususida maʼlumot berildi.  

 

Uchrashuv so‘ngida delegatsiya aʼzolari o‘zbekistonlik pillachilik sohasi vakillari va tadbirkorlarni joriy yil 21-25 iyunda Qashg‘ar shahrida bo‘lib o‘tadigan iqtisodiy yarmarkaga taklif qildi. Uchrashuvda tegishli kelishuvlarga erishildi.