“O'zbekipaksanoat”
uyushmasi
Ishonch telefon raqami: +99871 267 23 63
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Xorazmda mavsum oldidan o'rganish ishlari olib borildi

2023-04-13 07:52:55

 

 

Bugun Xorazm viloyati hokimining qishloq xajaligi masalalari bo'yicha o'rinbosari O'.Masharipov Urganch tumanidagi "Urganch Silk Co" urug' zavodida bo'lib, ipak qurti urug'larining saqlanish sharoitlari bilan tanishdi.

 

Shuningdek, hokim o'rinbosari kasanachilar xonadonida bo'lib ipak qurti urug'larining jonlantirish jarayonlari hamda kasanachilarga pilla yetishtirish mavsumi oldidan tarqatiladigan ro'zg'or mahsulotlari holati bilan tanishdi.

 

Bu yilgi mavsumda pilla yetishtiruvchi kasanachilarga avans sifatida un va yog' mahsulotlari tarqatilishi reja qilingan.