“O'zbekipaksanoat”
uyushmasi
Ishonch telefon raqami: +99871 267 23 63
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Qo‘mita raisi Sirdaryo viloyatida mavsum borishini o‘rgandi

2023-04-13 07:51:00

 

 

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Sharipov Sirdaryo viloyati Boyovut tumani hokimi Uralova Dilfuza Djumanovna bilan tumandagi bahorgi ipak qurti urug‘larini parvarishlash mavsumi borishini o‘rgandi.

 

Shuningdek, qo‘mita raisi tumandagi tadbirkorlar bilan uchrashib, Prezidentimizning viloyatga tashrifi doirasida bildirgan iqtisodiy zonalar yaratish takliflariga muvofiq Boyovut tumanida pillani qayta ishlash korxonasi qurish bo‘yicha maslahatlashib olindi. 

 

Yil yakunigacha ushbu rejani amalga oshirib, pillani qayta ishlash korxonasini qurib bitkazishga kelishib olindi. Mazkur korxona ishga tushishi bilan tumanda yangi ish o‘rinlari yaratilishi bilan bir qatorda eksportga chiqarilgan tovarlardan tushgan mablag‘ ham to‘liq tuman foydasiga qoladi.

 

Shu bilan bir qatorda qo‘mita raisi inkubatoriyalarda jonlantirishga qo‘yilgan ipak qurti urug‘lari holatini o‘rganib, inkubistlarga esdalik sovg‘alari ulashdi.