"UZBEKIPAKSANOAT" ASSOCIATION OF UZBEK SILK INDUSTRY
Hotline phone: +99871 267 23 63
Find us in social networks:

 

 

[OKOZ:

 

1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.09 Ipakchilik]

 

[TSZ:

 

1.Iqtisodiyot / Qishloq xo‘jaligi]

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

Qarori

Respublikada ipakchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

Mamlakat mustaqilligiga erishilgandan keyin ipakchilik tarmog‘ida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishga, xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirishga, yangi korxonalar qurish va mavjudlarini modernizatsiyalashga, jahon bozorida xaridorgir va raqobatdosh tayyor mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va ularning turlarini ko‘paytirishga qaratilgan keng ko‘lamli tarkibiy o‘zgartirishlar amalga oshirildi.

Shu bilan birga ozuqa bazasi va pilla xomashyosi yetishmasligi tarmoqni yanada rivojlantirishga to‘sqinlik qilmoqda, buning natijasida respublika pillakashlik va shoyi to‘qish korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlarini xomashyo bilan ta’minlash darajasi pastligicha qolmoqda.

Ipakchilik tarmog‘ini yanada isloh qilishni ta’minlash, ipakchilik sanoatini modernizatsiyalash, diversifikatsiyalash va jadal rivojlantirish jarayonlarini faollashtirish, pillani chuqur qayta ishlash negizida tashqi bozorda barqaror talab qilinayotgan, raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish va tovarlar turini kengaytirish, shuningdek, tarmoqni rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish maqsadida:

  1. Kuyidagilar:

2018 — 2021-yillarda pilla tayyorlashni kengaytirish va chuqur qayta ishlash negizida eksportga yo‘naltirilgan yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihalari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq:

2018 — 2021-yillarda pilla tayyorlashni kengaytirish va chuqur qayta ishlash negizida eksportga yo‘naltirilgan yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihalari doirasida quvvatlarni ishga tushirish jadvali 2-ilovaga muvofiq ma’qullansin.

  1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, 1-ilovaga kiritilgan investitsiya loyihalari, zarurat bo‘lganda, “Asakabank” ATB, “Agrobank” ATB, “O‘zsanoatqurilishbank” A'GB, O‘zbekiston Respublikasi Tashki iqtisodiy faoliyat milliy banki hamda boshqa tijorat banklarining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmaydigan stavka bo‘yicha kreditlarini jalb etgan holda amalga oshiriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

  1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi bir oy muddatda “O‘zbekipaksanoat” uyushmasining hududiy “Agropilla” MChJlarini bepul foydalanish huquqi bilan joylashtirish uchun zarur xonalar ajratilishini ta’minlasin.

(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son)

  1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi:

bir oy muddatda joylardagi mavjud tutzorlarni xatlovdan o‘tkazib, keyinchalik ularni hududiy “Agropilla” MChJlarga topshirsin;

ikki oy muddatda hududiy “Agropilla” MChJlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda tut urug‘lari va ko‘chatlarini tayyorlovchi xo‘jaliklarni tashkil egish uchun kamida 30 gektardan sug‘oriladigan yer maydonlari ajratib berilishini ta’minlasin.

  1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:

hududiy “Agropilla” MChJlarga topshirilgan tutzorlar “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi pillani qayta ishlash va pilla kurti tayyorlash tashkilotlariga o‘zlarining ozuqa bazasini yaratish uchun shartnoma asosida bepul foydalanishga beriladi;

xom ipak va ipak kalava ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish bo‘yicha yangi loyihalar “O‘zbekipaksanoat” uyushmasining xulosalari asosida aniqlanadigan ozuqa bazasi va pilla xomashyosining yetarli miqdordagi hajmlari mavjudligi bilan chambarchas bog‘lik xolda amalga oshiriladi.

  1. “O‘zbekipaksanoat” uyushmasining ishlab chiqarishni tashkil etishning klaster usuliga bosqichma-bosqich o‘tish to‘g‘risidagi tashabbusi ma’qullansin, bu usul pillani qayta ishlovchi korxonalarning o‘zlariga karashli ozuqa bazasi yaratilishini, pilla xomashyosi yetishtirishning innovatsion texnologiyalari keng joriy etilishini xamda eksportga yo‘naltirilgan yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulot xoliga keltirilgunga kadar chuqur qayta ishlanishini o‘z ichiga oladi.

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi (B.K. Sharipov) ikki oy muddatda tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda mavjud pillani qayta ishlash tashkilotlarini modernizatsiya qilish chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, bunda tarmoqning ozuqa bazasini kengaytirish va pilla xomashyosi yetishtirish hajmlarini ko‘paytirish negizida mazkur tashkilotlarning ishlab chiqarish quvvatlari xomashyo bilan to‘liq yuklanishini ta’minlaydigan o‘zaro bog‘lik yagona tashkiliy-texnologik zanjir yaratilishi nazarda tutiladi.

  1. “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi (B.K. Sharipov) 2018-yilning 1-oktabriga kadar “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi huzurida Pilla va ipakchilik mahsulotlari innovatsion tadqiqotlari, standartlashtirish va sertifikatlashtirish markazini tashkil qilsin, kuyidagilar uning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:

pillachilikni rivojlantirish va samaradorligini oshirishning g‘oyat muhim muammolari bo‘yicha tadqiqot ishlarini yuqori darajada olib borish hamda ularni ishlab chiqarish jarayonlariga tatbiq etish;

xom ipakchilik va materiallardan ratsional foydalanish, tut daraxtlari unumdorligini oshirish, pilla kurtining yuqori mahsuldor zotlarini yaratish bo‘yicha ilmiy-metodik asoslar va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish;

tayyor mahsulot sifati, xaridorgir turlari va dizayni menejmentining zamonaviy usullarini keng joriy etish, uning xalqaro talablarga muvofiq sertifikatlashtirilishi va standartlashtirilishini ta’minlash;

Markaz ilmiy-texnik xodimlarining kasb saviyasini, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarni jalb etish hisobiga takomillashtirish, shuningdek, chet ellardagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mutaxassislarning stajirovkalarini tashkillashtirish.

Belgilansinki, tarmoqni maqsadli rivojlantirishga qaratilgan pillachilik sohasidagi ilmiy tadqiqotlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining davlat ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan mablag‘lari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar grantlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan bajariladi.

Oldingi tahrirga qarang.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:

(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)

2018-2019 o‘quv yilidan boshlab ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalari huzurida ipakchilik tarmog‘i uchun malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha maxsus sirtki bo‘limlar ochilishini nazarda tutsin;

har yili ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini shakllantirishda ipakchilik tarmog‘i va sanoatining malakali kadrlarga bo‘lgan haqiqiy ehtiyojini hisobga olsin;

Toshkent davlat agrar universitetida hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida ularning o‘z mablag‘lari hisobiga interfaol ta’lim auditoriyalarini tashkil etsin, pilla tayyorlash va qayta ishlashning tashkiliy-texnologik jarayonlarini yaqqol namoyish etish imkoniyati yaratilsin;

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar bilan ipakchilik yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda tashkiliy ko‘mak berilishini ta’minlasin.

  1. Quyidagilar:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari zimmasiga — “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga yangi tutzorlar barpo etish uchun sug‘oriladigan yerlar ajratib berilishi;

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi (B.K. Sharipov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari zimmasiga — pilla tayyorlash bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishi;

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi (B.K. Sharipov) zimmasiga — pillani qayta ishlash va eksportga yo‘naltirilgan ipak mahsulotlar ishlab chiqarish, shuningdek, tarmoq tashkilotlari o‘rtasida xomashyoning oqilona taqsimlanishi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari xamda O‘zbekiston Fermerlar, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa egalari kengashi zimmasiga — respublikaning butun hududida fermer xo‘jaliklarining dalalari tevaragida tut ko‘chatlarining qator ekilishi amaliyotini qayta tiklash ishlarining samarali tashkil etilishi va sifatli o‘tkazilishi yuzasidan javobgarlik yuklansin.

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi (B.K. Sharipov) yuqorida zimmaga yuklatilgan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan doimiy monitoring o‘rnatsin hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga har chorakda axborot berib tursin.

  1. 2023-yilning 1-yanvariga qadar:
  2. a) respublikada ishlab chiqarilmaydigan va “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan olib kelinadigan (belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha):

investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida olib kelinadigan texnologik uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, yordamchi va qurilish materiallari;

tutzorlarning qator oralig‘ida agrotexnika tadbirlarini bajarish uchun qishloq xo‘jaligi texnikasi, mexanizatsiya va irrigatsiya vositalari, ehtiyot qismlar va ularning butlovchi buyumlari;

tut ko‘chatlari urug‘ini tayyorlashda foydalaniladigan xomashyo va materiallar, qurtxonalar uchun uskunalar;

Oldingi tahrirga qarang.

tayyor ipak mahsuloti ishlab chiqarishda foydalaniladigan ximikatlar, sintetik tolalar, bo‘yoqlar, furnitura va aksessuar buyumlari hamda boshqa yordamchi materiallar boj to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxonada rasmiylashtiruv yig‘imlari bundan mustasno);

(10-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PF-5755-sonli Farmoni tahririda — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)

  1. b) “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi va umumbelgilangan soliqlarni to‘lovchi tashkilotlar tutzorlar bilan band bo‘lgan yer maydonlari qismida yer solig‘i to‘lashdan;
  2. v) “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi va soliq to‘lashning soddalashtirilgan tartibini qo‘llovchi tashkilotlar yagona yer solig‘i to‘lashdan ozod qilinsin.
  3. Quyidagilar:

Oldingi tahrirga qarang.

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining o‘zini davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatidagi boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga (bu Ro‘yxat Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-sonli qarori bilan tasdiqlangan) kiritish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin, ularning rahbarlari o‘z xodimlarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish to‘g‘risida iltimosnoma bilan murojaat qila oladilar;

(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ipakchilik tarmog‘iga taalluqli bo‘lgan va fermer xo‘jaliklarida bajariladigan mavsumiy ishlar pensiya tayinlash uchun stajga bir yillik ish sifatida qo‘shilishi to‘g‘risidagi;

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi, Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining ilgari O‘zbekiston Fermerlar kengashi balansiga tasarruf etish huquqisiz bepul berilgan Toshkent shahar, Ismoil ota ko‘chasi, 1-uy manzilida joylashgan binoni “O‘zbekipaksanoat” uyushmasiga bepul foydalanish uchun topshirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.

Toshkent shahar hokimligi (R.J. Usmonov), O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa egalari kengashi (B.T. Yusupov), O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (R.A. G‘ulomov) bir oy muddatda yuqorida ko‘rsatilgan bino topshirilishini, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi esa (B.K. Sharipov) qabul qilib olinishini ta’minlasin.

Oldingi tahrirga qarang.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ““O‘zbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 29-martdagi PQ-2856-sonli qarori bilan tuzilgan “O‘zbekipaksanoat” uyushmasini tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy tadbirlarni muvofiqlashtirish va ularni amalga oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha ishchi guruhga (Z.T. Mirzayev), zarur hollarda, 1 va 2-ilovalarda nazarda tutilgan investitsiya loyihalari ro‘yxatiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berilsin.

(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-dekabrdagi PQ-4047-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.12.2018-y., 07/18/4047/2269-son)

Oldingi tahrirga qarang.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi bilan birgalikda ipakchilik tarmog‘ida amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsadi, mohiyati va mazmuni aholi orasida muntazam suratda keng yoritilishini ta’minlasin.

(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)

  1. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev va “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi raisi B.K. Sharipov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2018-yil 12-yanvar,

PQ-3472-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-yanvardagi PQ-3472-son qaroriga
1-ILOVA

2018-2021-yillarda pilla tayyorlashni kengaytirish va chuqur qayta ishlash negizida eksportga yo‘naltirilgan yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihalari

RO‘YXATI

ekvivalenti mln. AQSh dollarida

 

T/r

Investitsiya loyihasi nomlanishi

Investitsiya loyihasi tashabbuskori (xorijiy hamkor)

 

Moliyalashtirish manbalari:

yaratiladigan ish o‘rinlari soni

loyihaning umumiy qiymati*

ta’sischilar mablag‘i

tijorat banklarining kreditlari

xorijiy investitsiyalar va kreditlar

1.

Toshkent shahrida ipak mato va undan tayyor mahsulot ishlab chiqarishni tashkil qilish.

“Bukhara Brilliant

Silk” MJCh QK

(“Karoma

Investment Limited” kompaniyasi (BAA))

5,0

0,5

2,0

2,5

186

2.

Andijon viloyatida xom ipak, ipak paxta va ipak mato ishlab chiqarishni tashkil qilish.

“Andijan Silk Co” MChJ (“Tongxiang Juncheng” kompaniyasi(XXR))

6,0

1,0

2,0

3,0

280

3.

Jizzax viloyatida xom ipak, ipak paxta va ipak mato ishlab chiqarishni tashkil qilish.

“Silk expert processing” MChJ (“Abnmb group” kompaniyasi (Buyuk Britaniya))

5,0

2,0

0,0

3,0

280

4.

Sirdaryo viloyatida xom ipak, ipak paxta va ipak mato ishlab chiqarishni tashkil qilish.

“Agro global” MChJ

5,0

2,5

2,5

-

175

5.

Xorazm viloyatida xom ipak, ipak paxta va ipak mato ishlab chiqarishni tashkil qilish.

“Khiva Silk Fabric” MChJ

5,0

2,5

2,5

-

175

Jami:

 

26,0

8,5

9,0

8,5

1 096

* Loyihalar quvvatlarining parametrlariga loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishi tasdiqlanganidan keyin aniqliklar kiritilishi mumkin.

 LexUZ sharhi

1-ilova norasmiy tarjima.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-yanvardagi PQ-3472-son qaroriga
2-ILOVA

2018-2021-yillarda pilla tayyorlashni kengaytirish va chuqur qayta ishlash negizida eksportga yo‘naltirilgan yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihalari doirasida quvvatlarni ishga tushirish

JADVALI

 

T/r

Investitsiya loyihasi va uning tashabbuskori

Ishlab chiqariladigan mahsulot nomi

O‘lchov birligi

Yakunlovchi bosqichda loyihaning quvvati*

Quvvatlarni ishga tushirish bosqichlari

(yillar bo‘yicha)

2018 g.

2019 g.

2020 g.

2021 g.

1.

Toshkent shahrida ipak mato va undan tayyor mahsulot ishlab chiqarishni tashkil qilish, “Bukhara Brilliant Silk” MChJ QK

Ipak mato ishlab chiqarish

ming p.m

460

305

155

Jakkard to‘quv stanogida maxsus ipak matosini ishlab chiqarish

ming p.m

850

566

284

Naqshlarni bo‘yash va bosishni tashkil qilish

ming p.m

572

572

Tikuv stanoklarini o‘rnatish va tayyor mahsulot ishlab chiqarish

ming sht.

43

43

2.

Andijon viloyatida xom ipak, ipak paxta va ipak mato ishlab chiqarishni tashkil qilish, “Andijan Silk So” MChJ

Xom ipak ishlab chiqarish

tn

192

96

48

48

Ipak paxta ishlab chiqarish

tn

81

54

27

Ipak mato ishlab chiqarish

ming p.m

691,2

691,2

 

3.

Jizzax viloyatida xom ipak, ipak paxta va ipak mato ishlab chiqarishni tashkil qilish,

“Silkexpert processing” MChJ

Xom ipak ishlab chiqarish

tn

192

48

48

48

48

Ipak paxta ishlab chiqarish

tn

81

54

27

Ipak mato ishlab chiqarish

ming p.m

691,2

276,5

138,2

138,3

138,2

4.

Sirdaryo viloyatida xom ipak, ipak paxta va ipak mato ishlab chiqarishni tashkil qilish,

“Agro global” MChJ

Xom ipak ishlab chiqarish

tn

144

96

24

24

Ipak paxta ishlab chiqarish

tn

81

67,5

13,5

Ipak mato ishlab chiqarish

ming p.m

345,6

207,4

69,1

69,1

5.

Xorazm viloyatida xom ipak, ipak paxta va ipak mato ishlab chiqarishni tashkil qilish, “KhivaSilk Fabric” MChJ

Xom ipak ishlab chiqarish

tn

144

96

48

Ipak paxta ishlab chiqarish

tn

81

54

27

Ipak mato ishlab chiqarish

ming p.m

345,6

207,4

69,1

69,1

* Loyihalar quvvatlarining parametrlariga loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishi tasdiqlanganidan keyin aniqliklar kiritilishi mumkin.

 LexUZ sharhi

2-ilova norasmiy tarjima.

 

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 07/18/3472/0555-son, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son, 05.12.2018-y., 07/18/4047/2269-son; 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son)