Bugun "O'zbekipaksanoat" uyushmasi raisi I.Sayfullayev boshchiligida hududiy "Agropilla" MCHJ rahbarlari, pillachilik korxonalari rahbarlari hamda urug'chilik korxonalari rahbarlari ishtirokida videokonferensiya orqali yig'ilish bo'lib o'tdi.
Yig‘ilish davomida to‘lov intizomi va ipak qurti urug‘idan mavjud qarzdorlik masalalari atroflicha muhokama qilindi. Xususan, o‘z zimmasiga olgan moliyaviy majburiyatlarni vaqtida bajarmagan ayrim korxonalarning faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, qarzdorlikni bartaraf etish, to‘lov intizomini mustahkamlash va mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.