Bugun "Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi raisi I.Sayfullayev boshchiligidagi ishchi guruh Navoiy viloyatida bo‘lib, ipakchilik sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
Ishchi guruhi tomonidan Prezident farmon va qarorlarining ijrosi, "Agropilla" MChJ faoliyatining iqtisodiy samaradorligi tahlil etildi. Shuningdek, mavjud tutzorlarning holati o‘rganilib, ularning qonuniy foydalanilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.