"O'zbekipaksanoat" uyushmasi raisi I. Sayfullayev boshchiligida hududiy "Agropilla" MCHJ rahbarlari, pillachilik korxonalari va urug'chilik korxonalari rahbarlari ishtirokida videokonferensiya shaklida yig'ilish bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda ipak qurti urug'lari bo'yicha to'lovlar, bahorgi mavsumiga keltiriladigan urug' bo'yicha va kasanachilar bilan tuziladigan shartnomalar holati muhokama qilindi. Shuningdek, ijro intizomi masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Uyushma raisi tomonidan qarzdor korxonalarga oxirgi bor ogohlantirish berilib, barcha ko'rsatkichlarning bajarilish sanalari qat'iy belgilab berildi.