“O'zbekipaksanoat”
uyushmasi
Ishonch telefon raqami: +99871 267 23 63
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

O‘zbekipaksanoat uyushmasi yangi muassislari bilan kengaymoqda

2024-12-26 12:02:39

Bugun "O'zbekipaksanoat" uyushmasi raisi I. Sayfullayev boshchiligida uyushmaning muassislari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.

 

Unda "O'zbekipaksanoat" uyushmasi faoliyatini har tomonlama rivojlantirish, kelgusida investitsion loyihalarni ishlab chiqish, tuman hamda viloyat "Agropilla" MCHJlar faoliyatini isloh qilish va shu kabi boshqa masalalar muhokama qilindi.

 

 Yig'ilishda uyushma tarkibiga yana 5 ta korxona ovoz berish yo'li bilan muassis sifatida qo'shildi. Bu uyushmaning yanada rivojlanishiga xizmat qiladi.