“O'zbekipaksanoat”
uyushmasi
Ishonch telefon raqami: +99871 267 23 63
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Konstitutsiya — mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati

2024-12-05 19:59:09

Bugun Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasida “O‘zbekipaksanaot” va Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish uyushmalari xodimlari ishtirokida 8-dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan milliy qomusimizning o‘ttiz ikki yilligini munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash, Asosiy qonunimizda belgilangan xalq hokimiyatchiligi, inson qadri, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik kabi ezgu g‘oyalar  “Kostitutsiya – erkin va faravon hayot garovi” degan bosh g‘oya asosida  davra suhbati o‘tkazildi.

 

Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyasi A.Rahmonov fuqarolarni asosiy qonunimizda belgilangan demokratiya, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik g‘oyalari atrofida jipslashishi hamda, konstitutsiya - mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati ekani haqida tushunchalar berib o'tdi.

 

Darhaqiqat, konstitutsiyada fuqarolarning qonun oldida tengligi, qonuniy huquq va erkinliklarining daxlsizligi, davlat va fuqarolarning bir-biriga nisbatan bo‘lgan huquqlari va burchlari o‘zaro bog‘liqligi, jamiyatning iqtisodiy negizlari, mamlakatimizning ma’muriy-hududiy tuzilishi hamda davlat hokimiyatining tuzilishi kabi muhim masalalarni o‘zida aks ettirgan yagona bosh qomusimizdir.

 

Tadbir so'ngida, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo'mitasi raisining maslahatchisi S.Tashimov so'z olib qomusimiz qabul qilingan kun munosabati bilan barcha rahbar va xodimlarni tabrikladi.