“O'zbekipaksanoat”
uyushmasi
Ishonch telefon raqami: +99871 267 23 63
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Ishchi guruh tomonidan Buxoro viloyatida monitoring ishlari olib borildi

2024-12-03 19:45:50

"O'zbekipaksanoat" uyushmasi raisining birinchi o'rinbosari R.Abdullayev boshchiligidagi ishchi guruh Buxoro viloyatida bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining tegishli Farmon va qarorlarida belgilangan prognoz ko'rsatkichlarning (tut ekish, ipak mahsulotlari eksporti, ijro va to'lov intizomi) bajarilishi yuzasidan amalga oshirilgan ishlarni monitoring qildi.

 

Shuningdek, mavjud tutzorlar ko'zdan kechirilib, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida tut ko'chatlari ekilishi ishlari nazorat qilindi.


Har bir korxona rahbari bilan alohida gaplashilib, R.Abdullayev tomonidan ko'rsatma va tushunchalar shuningdek, ogohlantirish berildi.