Qo'mita raisi buyrug'iga binoan tuzilgan ishchi guruh hududlarda o'z ishlarini davom ettirmoqda.
Xususan, "O'zbekipaksanoat" uyushmasi ishchi guruh vakillari Namangan viloyatida bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining tegishli Farmon va qarorlarida belgilangan prognoz ko'rsatkichlarning (tut ekish, ipak mahsulotlari eksporti, ijro va to'lov intizomi) bajarilishi yuzasidan amalga oshirilgan ishlarni monitoring qildi.
Har bir korxona rahbari bilan alohida gaplashilib, ko'rsatma va tushunchalar shuningdek, ogohlantirish berildi.