Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo'mitasi raisining buyrug'iga binoan ishchi guruhlar tuzilib barcha viloyatlarda o'rganish ishlari olib borilmoqda.
Bugun "O'zbekipaksanoat" uyushmasi raisi o'rinbosari H.Ochilov boshchiligidagi ishchi guruh Samarqand viloyatida bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining tegishli Farmon va qarorlarida belgilangan prognoz ko'rsatkichlarning (tut ekish, ipak mahsulotlari eksporti, ijro va to'lov intizomi) bajarilishi yuzasidan amalga oshirilgan ishlarni monitoring qildi.
Har bir korxona rahbari bilan alohida gaplashilib, rais o'rinbosari Hamid Ochilov tomonidan ko'rsatma va tushunchalar shuningdek, ogohlantirish berildi.