Bugun "O'zbekipaksanot" uyushmasi raisi I.Sayfullayev boshchiligida hududiy "Agropilla" MCHJ rahbarlari, pillachilik klasterlari va urug'chilik korxonalari rahbarlari ishtirokida ipak mahsulotlari eksporti, to'lov intizomi masalalariga bag'ishlangan videokonferensaloqa orqali yig'ilish o'tkazildi.
Yig'ilishda korxonalarning eksport ko'rsatkichlari tahlili, aholi tomonidan yetishtirilgan pilla pullari bo'yicha to'lovlar masalasi hududlar kesimida korxonabay muhokama qilindi.
Korxonalar oldida turgan majburiyatlar atroflicha tushuntirilib, kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha tizimli ishlash, Qo'mita raisi tomonidan o'tgan yig'ilishda ko'rsatilgan aniq muddatga qadar barcha topshiriqlar bajarilishi kerakligi aytib o'tildi.