“O'zbekipaksanoat”
uyushmasi
Ishonch telefon raqami: +99871 267 23 63
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

"O'zbekipaksanoat" uyushmasi boshqaruv kengashi yig‘ilishida muhim qarorlar qabul qilindi

2024-11-08 18:02:02


Bugun "O'zbekipaksanoat" uyushmasi raisi I.Sayfullayev boshchiligida uyushma boshqaruv kengashi a’zolari yig‘ilishi bo'lib o'tdi. Kun tartibidan korxonalarning ipak mahsulotlari eksporti, to‘lov intizomi hamda ishlab chiqarish loyihalari bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilindi.



Yig‘ilishda avvalo uyushma tarkibidagi korxonalar tomonidan 2024-yil 3-maydagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-72-son Farmoni ijrosi doirasida yetishtirilgan pilla xomashyosi uchun aholi bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish va ipak qurti urug‘lari bilan bog‘liq qarzdorliklarni bartaraf etish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi. Afsuski, bu borada bir necha bor ogohlantirishlarga qaramay, korxonalar tomonidan ijobiy o‘zgarish kuzatilmadi.



Shuningdek, joriy yil boshidan boshlab eksport ko‘rsatkichlaridagi sustkashliklar, shartnoma shartlarining buzilganligi va to‘lov masalalariga e’tiborsizlik holatlari qayd etildi.



Yig‘ilish yakunida "O'zbekipaksanoat" uyushmasi boshqaruv kengashi a’zolari tomonidan shartnoma shartlarini bajarmagan korxonalarni tizimdan chiqarish taklifi ko‘rib chiqildi va bir ovozdan ma’qullandi. Shu bilan birga, 08.11.2024 sanasidan boshlab ushbu korxonalar bilan tuzilgan shartnomalar bekor qilindi.