“O'zbekipaksanoat”
uyushmasi
Ishonch telefon raqami: +99871 267 23 63
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Muhim masalalar bo'yicha yig'ilish bo'lib o'tdi

2024-11-05 11:04:50

 


"O'zbekipaksanot" uyushmasi raisi I.Sayfullayev boshchiligida hududiy "Agropilla" MCHJ rahbarlari, pillachilik klasterlari rahbarlari va urug'chilik korxonalari rahbarlari ishtirokida ipak mahsulotlari eksporti, to'lov intizomi masalalariga bag'ishlangan videokonferensaloqa orqali yig'ilish o'tkazildi.

 

Avvalo, yil boshidan boshlab qoloqlikka yo'l qo'ygan korxonalarning eksport ko'rsatkichlari tahlili hududlar kesimida korxonabay muhokama qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-maydagi PF-72-son Farmoni ijrosi, xususan yetishtirilgan pilla xomashyosi uchun aholi bilan yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirish hamda ipak qurti urug‘laridan (mahalliy va xorijiy) qarzdorliklarni bartaraf etish kerakligi bo'yicha ogohlantirildi. Shundan so'ng, uyushma raisi tomonidan yuqoridagi yo’nalishlar bo’yicha aytilgan muddatlarda ijrosi bajarilishi yuzasidan ko'rsatma va topshiriqlar berildi.

 

Barcha pillachilik klasterlari rahbarlariga aniq muddat ko'rsatilib, qoloqlikni bartaraf etish bo'yicha topshiriq berildi.