“O'zbekipaksanoat”
uyushmasi
Ishonch telefon raqami: +99871 267 23 63
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Farg‘onada tut bargidan choy ishlab chiqarilmoqda

2024-08-29 20:44:29

 

Marg‘ilon shahridagi “Nurli tong silk“ MChJ pillachilik klasteri tomonidan tut bargidan choy ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirildi.


Xitoy texnologiyasi asosida qurilgan korxona bir soatda 35 kilogramm qora va ko‘k ko‘rinishga ega bo‘lgan tut choylari tayyorlab beradi. 

 
Bu yo‘nalishda umumiy qiymati 200 ming dollar bo‘lgan investitsiya jalb etilib, 10 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi, – deydi “Nurli tong silk” MChJ direktori Maqsudjon Qosimov. – Kuz mavsumida pilla kam boqilishi inobatga olinsa, aksariyat tut barglari xazonga aylanib ketadi. Yangi loyiha bu borada yangi imkoniyat eshiklarini ochdi. Endilikda oddiy tut bargidan qo‘shimcha qiymati zanjiriga asoslangan bozorgir mahsulot turlari tayyorlayapmiz. Bir kilogramm tut bargidan 750 gramm tayyor mahsulot ishlab chiqariladi.

 

Viloyatda 4 ming gektarga yaqin tutzorlar bor. Bir gektar tutzorlardan o‘rta hisobda 50 tonnaga yaqin tut barglari yig‘ib olinadi.

 

Bu yerda xom ashyoni yig‘ish, saralash yo‘nalishida kasanachilik xizmati yo‘lga qo‘yildi.