Bugun "O'zbekipaksanoat" uyushmasi raisi v.b I.Sayfullayev Navoiy viloyati “Agropilla” MChJ rahbari U.Narziyev hamda Navoiy viloyatidagi pillani qayta ishlash korxonalari rahbarlari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda yanvar-avgust oylarida bajarilishi ko'zda tutilgan eksport prognoz ko'rsatkichlarining bajarilishi korxona kesimida birma-bir muhokama etildi.
Shundan so'ng, tadbirkorlar muammolari tinglandi, mavjud muammolar atroflicha o'rganilib, tez fursatda barchasiga yechim topish bo'yicha mas'ullarga topshiriq berildi. Hududlar kesimida o'rganish ishlari davom etmoqda.