Bugun "O'zbekipaksanot" uyushmasi raisi I.Sayfullayev boshchiligida hududiy "Agropilla" MCHJ rahbarlari, pillachilik klasterlari rahbarlari va urug'chilik korxonalari rahbarlari ishtirokida videokonferensaloqa orqali yig'ilish o'tkazildi.
Yig'ilish kun tartibidan asosiy masalalar sifatida ipak mahsulotlari eksporti, takroriy mavsumga tayyorgarlik ko'rish va takroriy mavsum uchun ipak qurti urug'i bo'yicha shartnomalarni oxiriga yetkazish kerakligi, shuningdek, kasanachilar bilan tuzilgan shartnomalar bo'yicha topshiriqlar bajarilish ko'rsatgichlari o'rin oldi.
Barcha korxonalarga ipak qurti parvarishlash mavsumini uyushqoqlikda o'tkazish hamda belgilangan eksport ko'rsatgichlarini o'z vaqtida ta'minlash kerakligi ta'kidlandi.
"Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi axborot xizmati