Ayni kunlarda Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo'mitasi raisi I.Ergashev hamda "O'zbekipaksanoat" uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Rashid Abdullayev boshchiligidagi ipakchilik hamda urug'chilik korxonalari rahbarlaridan iborat delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turibdi.
Delegatsiya a'zolari Jedang provinsiyasi Xuju shahridagi avtomatlashtirilgan ipak qurti parvarishlash korxonasida bo'ldi.
Mazkur qurtxonada bir yilda 8 marotaba ipak qurti parvarishlanib, 1 gektar yerda 30 quti parvarishlanadi. Ikki tomonlama tajriba almashish borasida kelishib olindi.
"Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi axborot xizmati