“O'zbekipaksanoat”
uyushmasi
Ishonch telefon raqami: +99871 267 23 63
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Qashqadaryo viloyatida ham o’quv seminari bo’lib o’tdi

2024-08-03 21:02:19

 

Ayni kunlarda davlatimiz rahbarining joriy yil 3-maydagi “Pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida bozor mexanizmlarini joriy qilishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida bosqichma-bosqich pillachilik sohasida aholining mavsumiy bandligini 2 millionga yetkazish maqsadida Respublikamizning barcha tumanlarida pillakorlar, lider agronom ayollar va ipak qurtini boqish istagida bo‘lgan xotin-qizlarning malakasini oshirish, ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirish bo‘yicha 3-bosqich o‘quv–seminarlari o‘tkazilmoqda. 


Qashqadaryo viloyatining barcha tumanlarida ham shunday o‘quv-seminarlari tashkil etildi. Seminar qatnashchilariga pillani Vetnam va Xitoy tajribasi asosida sanoat usulida yetishtirishni yo‘lga qo‘yish, pilla yetishtiruvchilarning moddiy manfaatdorligini oshirish, xonadonlarga tarqatilgan pillani to‘g‘ri parvarishini yo‘lga qo‘yish, o‘rma tutzorlar tashkil qilish va uy sharoitida tayyor ipak ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tushunchalar berib o‘tildi. 
 
Shuningdek, pilla yetishtirishda ipak qurtini tanlash, uni inkubatsiyadan chiqarish va ish bilan band bo‘lmagan xotin-qizlarni ipak qurtini yangi agrotexnik qoidalari asosida parvarishlashga jalb qilish, bu orqali pillachilikdan olinadigan daromad va mahsuldorlikni oshirish xususida fikr-mulohazalar bildirildi. Ipak qurtining inkubatoriyada jonlanishi va undan keyingi bosqichlarda to‘g‘ri parvarish etilishiga e’tibor berilishi muhokama qilindi. O'quv kursida qatnashganlarga mahsus sertifikatlar taqdim etildi.


"Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi axborot xizmati