"O'zbekipaksanoat" uyushmasi raisi I.Sayfullayev boshchiligida Navoiy, Jizzax hamda Toshkent viloyati pillachilik korxonalari rahbarlari bilan videokonferensaloqa orqali yig'ilish bo'lib o'tdi.
Unda oldimizda turgan navbatdagi takroriy pilla yetishtirish mavsumini tashkil qilish, rejalarni belgilash, topshiriqlar ijrosini ta'minlash, tashkiliy masalalar yuzasidan muhokama bo'lib o'tdi.
Uyushma raisi tomonidan mas'ullarga takroriy mavsumni uyushqoqlikda tashkil qilish bo'yicha ko'rsatma va topshiriqlar berildi.
Mazkur yig'ilishda Navoiy, Jizzax hamda Toshkent viloyatlariga yangi "Agropilla" rahbarlari tayinlangani e'lon qilindi.
"Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi axborot xizmati