Bugun O'zbekiston Respubliaksi Bosh vaziri o'rinbosari Z.Mahkamova Ipakchilik ilmiy tadqiqot institutida ham bo'lib, urug'lari Xitoy davlatidan olib kelib ekilgan kanakunjut plantatsiyasi bilan tanishdi.
Shuningdek, institutning qurtxonasida tajriba sifatida parvarish etilayotgan kanakunjut ipak qurtlari ham ko'zdan kechirildi.
Ma'lumot o'rnida aytib o'tish kerakki, kanakunjut ipak qurtlari Xitoy davlatidan urug'lari olib kelinib O'zbekiston sharoitiga moslashuvchanlik darajasini aniqlash maqsadida Ipakchilik ilmiy tadqiqot institutida tajriba sifatida parvarish qilinmoqda.
"Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi axborot xizmati