Bugun "O'zbekipaksanoat" uyushmasi raisi I.Sayfullayev boshchiligida Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo'mitasi raisi maslahatchisi M.Sagatov, uyushma raisining o’rinbosarlari R.Abdullayev va X.Ochilovlardan iborat ishchi guruh Qashqadaryo viloyatida bo'ldilar.
Ishchi guruh tomonidan viloyat "Agropilla" boshqarmasida pillani qayta ishlash klasterlari rahbarlari ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.
Yig'ilishda viloyatdagi pillachilik klasterlari kesimida 2024-yilgi pilla mavsumlarini tashkil etilishi ahvoli, kontraktatsiya va ichki mehnat shartnomalarining tuzilishi, to'lovlarning o'z vaqtida amalga oshirilishi, bahorgi pilla mavsumida pilla xom ashyosining haqiqatda yetishtirilgan hajmi, pillachilik korxonalariga ozuqa bazasi sifatida foydalanish uchun berilgan tutzorlarning ahvoli va ulardan belgilangan maqsadda foydalanilishi, tut ko'chatlarining ekilishi, ipak qurti urug'i va pilla xom ashyosini yetishtirish, pilla xom ashyosini qayta ishlash va undan olingan mahsulotlar eksportini amalga oshirish, investitsiyalarni jalb etish va yangi ish o'rinlarini yaratish bo'yicha prognoz ko'rsatkichlari hamda tegishli investitsion loyihalarning bajarilishi masalalari atroflicha muhokama qilib olindi.
Uyushma raisi Ikrom Sayfullayev korxona rahbarlariga sohaga yangi investitsion loyihalarni jalb qilish zarurligi, ipak mahsulotlari eksportini kengaytirish, chuqur qayta ishlashni yo'lga qoyish, takroriy pilla yetishtirish mavsumini uyushqoqlikda tashkil etish lozimligini ta'kidladi.
Shuningdek, takroriy mavsumda ipak qurti urug'lari taqsimoti korxonabay kesimda muhokama qilindi.
Eslatib o'tamiz, ishchi guruh respublika bo'ylab o'rganish ishlarini davom ettiradi.