"Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi tomonidan tuzilgan, Ipakchilik ilmiy-tatqiqot instituti direktori Shuhrat Abdulazizov rahbarligidagi ishchi guruh Surxondaryo viloyati Angor tumanidagi "Xuashen silk Pro" MCHJ qoʻshma korxonasida tayyorlangan ipak qurti urugʻlari holati, saqlanishi bilan tanishdi.
Urugʻchilik korxonasida 2022-yil bahor mavsumda tayyorlangan urugʻlardan takroriy pilla mavsumida parvarishlanmokda.
Shuningdek, 2023-yil mavsumida boqish uchun ham sanoatbop urugʻlar tayyorlangan boʻlib, ishchi guruh mutaxasislari tomonidan urugʻlarni sifatli saqlash, mikroanaliz qilish yuzasidan maslahatlar berildi.
"Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi axborot xizmati