Bugun Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo'mitasi raisi I.Ergashev boshchiligida "O'zbekipaksanoat" uyushmasi raisi v.b. I.Sayfullayev, rais o'rinbosarlari, boshqarma boshliqlari, pillachilik klasterlari rahbarlari va ta'sischilari ishtirokida kengaytirilgan tarzda, videokonferensaloqa orqali yig'ilish bo'lib o'tdi.
Unda Respublika bo'ylab davom etayotgan pilla yetishtirish mavsumining borishi, xususan, ipak qurti urug'lari parvarishlanishini nazoratga olish, kasanachilarga avans mablag'larining to'lab berilishi va boshqa masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, eksport ko'rsatkichlarini bajarilishi hamda to'lov intizomi masalalari ham ko'rib chiqildi.
Davom etayotgan ipak qurti parvarishlash mavsumini maxsus agrotexnik qoidalarga amal qilgan holda o'tkazish bo'yicha ko'rsatmalar berildi.
"O'zbekipaksanoat" uyushmasi axborot xizmati