“O'zbekipaksanoat”
uyushmasi
Ishonch telefon raqami: +99871 267 23 63
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Navoiy viloyatida pillachilik klasterlari rahbarlari bilan uchrashuv o'tkazildi

2024-05-14 09:06:27

 


"O'zbekipaksanoat" uyushmasi raisi v.b. I.Sayfullayev Navoiy viloyatida bo‘lib, barcha pillachilik klasterlari rahbarlari bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda joriy ipak qurti parvarishlash mavsumining borishi, parvarishlanayotgan ipak qurtlari holati, sifatli pilla hosili olish masalalari muhokama qilindi.

 

Shuningdek, viloyatda ipak mahsulotlari eksport rejasi bajarilishi, investision loyihalarning amalga oshirilishi, ipak qurti ozuqa bazasini mustahkamlash hamda bandlik masalalari muhokama etildi. Rahbarlarga tegishli topshiriq va vazifalar berildi.

 


"O'zbekipaksanoat" uyushmasi axborot xizmati