“O'zbekipaksanoat”
uyushmasi
Ishonch telefon raqami: +99871 267 23 63
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Norinlik pillakorlar hosil cho‘g‘idan mamnun

2024-05-14 09:04:28



Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov boshchiligidagi ishchi guruhining Norin tumanidagi "Xo‘jaobod" MMTP hududida  ipak qurti parvarishlayotgan pillakorlar xonadonlari bo‘ldi.   

 

Viloyat hokimi "Boyovul"  mahallasida pillakorlarning bugungi sharoitlari bilan tanishdi. 

 

Joriy yilda Norin tumanidagi 6 ta inkubatoriyada xorijdan keltirilgan qurt urug‘lari belgilangan me’yor asosida jonlantirildi. Ayni paytda pillakorlar ularni talab asosida oziqlantirib bormoqdalar. 

 

Tumanda 3704 quti ipak qurti parvarishlanib, 238 tonna pilla hosili olish ko‘zda tutilgan. Dastlabki hosil tarozuga tushganiga uch kun bo‘ldi. Uning cho‘g‘idan pillakorlar mamnun.

 

Ma’lumot o‘rnida: Pillachilik mavsumiga bu yil 100 nafar kasanachi hamda 2700 nafar qurt boquvchilar jalb etildi. Ularga har kg. pilla hosili uchun 40 ming so‘mdan pul mablag‘lari beriladi. 30 kunlik ish kuni uchun bir yilga mehnat staji hisoblanadi.

 


"O'zbekipaksanoat" uyushmasi axborot xizmati