“Kumush tola” yaratuvchilari bilim va tajribalarini ishga solib, har yili yuksak xirmonlar yaratib, mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shib keladilar.
Joriy yilda Furqat tumanida ham ko‘p yillik tajribalarga asoslanib ipak qurti boqilmoqda. Furqat tumanida bu yilgi mavsumda 3 ming 336 quti ipak qurti parvarishlanmoqda. Bugun furqatlik pillakorlar “kumush tola” terishga kirishishdi.
Tumanda ushbu mavsumda 200 tonna pilla yetishtirish ko‘zlangan.
"O'zbekipaksanoat" uyushmasi axborot xizmati