“O'zbekipaksanoat”
uyushmasi
Ishonch telefon raqami: +99871 267 23 63
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

 To‘raqo‘rg‘onda pilla terimiga kirishildi

2024-05-09 22:02:32

 

Pillachilik - yetti xazinaning biri. To‘raqo‘rg‘on tumanida 2024-yil pilla mavsumida 3567 quti qurt urug‘idan 229 tonna “kumush tola” topshirish rejalashtirilgan.
 
Bugun tumanda viloyatda birinchilardan bo‘lib pilla terimiga kirishildi. 2-sektor hududidagi "Chustko‘prik" mahallasida yashovchi Sanobar Qudratillayeva xonadonida uch quti qurt boqildi. Ko‘p yillik tajribaga ega oila tumanning eng peshqadam kasanachilaridan sanaladi. 


Ushbu xonadonga O‘zbekiston Qahramoni Xalchaxon Mirzayeva, tuman hokimi Ahrorbek Mansurov, sektor rahbarlari borib, xirmonlariga baraka tilashdi. Qurt parvarishida namuna bo‘lgan oila a’zolariga sovg‘alar topshirildi.


"O'zbekipaksanoat" uyushmasi axborot xizmati