“O'zbekipaksanoat”
uyushmasi
Ishonch telefon raqami: +99871 267 23 63
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

2022 yil bahorgi pilla mavsumidagi ishlarni samarali tashkil etish masalalari muhokama etildi

2022-03-29 18:34:10

 

2022 yil bahorgi pilla mavsumidagi ishlarni samarali tashkil etish masalalari muhokama etildi
 

 Joriy yilning 16 mart kuni videokonferensiya shaklida o‘tkazilgan majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022 yil 12 yanvarda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda eksport bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi Boshqaruv raisi Bahrom Sharipov, raisning bosh maslahatchisi, rais o‘rinbosarlari, boshqarma va bo‘lim boshliqlari, Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori, Qo‘mitaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boshqarmalari boshliqlari, hududiy “Agropilla” MChJlari hamda pillani qayta ishlash korxonalari rahbarlari ishtirok etishdi.


Majlisda eng dolzarb masalalar: 2022 yil bahorgi pilla mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil etish, XXRdan keltiriladigan xorijiy ipak qurti urug‘larini muzlatkichlarga joylashtirish, inkubatoriyalarning jihozlash va mavsumga shay holatga keltirish, naslli ipak qurti parvarishlash va urug‘ tayyorlash, “Yashil yillik” umummilliy loyihasi doirasida tut ko‘chatlarini ekish, eksport ko‘rsatkichlarini bajarish va pillachilikda bandlikni ta'minlash kabi ustuvor vazifalar muhokama qilindi. 


Ma'lumki, joriy yilning 12 fevral' kuni Tashqi savdo, investisiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi yig‘ilishida iqtisodiyot tarmoqlari, shu jumladan “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tizimidagi korxonalar tomonidan amalga oshiriladigan eksport hajmlari tasdiqlangan va ularni o‘z vaqtida bajarish maqsadida tarmoq korxonalari tomonidan joriy yilning birinchi choragi va mart oyi uchun belgilangan eksport ko‘rsatkichlarini ta'minlash masalalari doimiy muhokama qilinib kelinmoqda. Eksportchi tarmoq korxonalari rahbarlari va mas'ullar bilan uchrashuvlar, muloqot va yig‘ilishlarda aniqlangan muammoli masalalar Uyushma vakolati doirasida hal etilmoqda. Uyushma vakolat doirasiga kirmaydigan holatlar Tashqi sado, insvestisiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasiga kiritilgan. 

Vidokonferensiyada “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tomonidan eksportchi korxonalarga har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatilayotganligi, yig‘ilishlar va bevosita o‘tkazilgan uchrashuv va muloqotlar davomida aniqlangan ziddiyatli holatlar bartaraf etilayotganligiga qaramasdan, ayrim korxonalarda eksport hajmini ta'minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotganligi ta'kidlandi. Shuningdek, ipak qurti parvarishlash va urug‘ tayyorlashda qoloqlikka yo‘l qo‘ygan ipak qurti urug‘chiligi korxonalari quvvatlari tahlil qilinib, har bir urug‘chilik korxonasi faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha o‘n kun muddatda Uyushmaga axborot kiritish belgilab qo‘yildi.  


  Ishchi guruh a'zolariga doimiy ravishda har bir eksportchi-sanoat korxonasi bilan tizimli tarzda ishlashni yo‘lga qo‘yish, har haftada korxonalarga tashrif buyurgan holda, qayta ishlash jarayonlarini ko‘zdan kechirish va aniqlangan muammolarni joyida bartaraf etish choralarini ko‘rish hamda Har o‘n kunda bu haqida Uyushmaga axborot berib borish vazifalari yuklatildi. 
  “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi Bandlikni ta'minlash shtabiga joylarda bu borada ishlarni tashkil etish, soliq idoralari bilan o‘zaro hamkorlikda olib borilayotgan ishlarni nazorat qilishni kuchaytirish bo‘yicha topshiriq berildi.