“O'zbekipaksanoat”
uyushmasi
Ishonch telefon raqami: +99871 267 23 63
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

⚡️Andijon viloyatida yangi mavsumoldi ishlari

2022-03-29 17:39:57

 

⚡️Andijon viloyatida yangi mavsumoldi ishlari

➡️"O‘zbekipaksanoat" uyushmasining Andijon viloyatiga biriktirilgan vakili Namozali Suvonov boshchiligidagi ishchi guruh Andijon "Silk Co" MChJ pillani qayta ishlash korxonasiga biriktirilgan Andijon, Marhamat, Paxtaobod, Izboskan tumanlarida 2022 - yilgi pilla hosilini yetishtirish uchun kasanachilar va fermer xo‘jaliklari bilan tuzilgan shartnomalar xaqqoniyligini o‘rganib, zarur topshiriqlar  berdi.

"Yashil makon" umummilliy loyihasi asosida Qo‘rg‘ontepa tumani Qo‘rg‘ontepa massivida, Shahrixon tumani O‘rta shahrixon massivida, Asaka tumani Bobur massivida, Qo‘rg‘ontepa tumani Navoiy massivida, Qo‘rg‘ontepa tumani Mamurobod massivida, Qo‘rg‘ontepa tumani Qo‘shtepa massivlarida tut ekish bo‘yicha seminarlar tashkil qilindi.