Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Ozarbayjon Respublikasi Bosh vaziri Ali Asadov ishtirokida delegatsiyalarning qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda ikki tomonlama hamkorlikda amalga oshiriladigan va manfaatli bo‘lgan loyihalar, xususan, ipakchilikni rivojlantirishda olib borilayotgan hamda samarali kechayotgan faoliyat borasida fikr yuritildi.
Jumladan, O‘zbekistonning ipakchilikni rivojlantirishdagi tajribasini Ozarbayjonda joriy etilayotgani masalalari muhokama etildi.
Ozarbayjon Respublikasi Bosh vaziri Ali Asadov o‘zbekistonlik delegatsiya aʼzolariga Ozarbayjonda pillachilikni rivojlantirishdagi amaliy ishlarda ko‘magi uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.