Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston hamda Vyetnam o‘rtasida ipakchilik tarmog‘idagi hamkorlik aloqalari kengayib bormoqda. Buni mart oyi boshidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Vyetnam davlatiga tashrifi chog‘ida 33 mln dollarlik hamkorlik shartnomalari imzolanganligi misolida ham ko‘rsak bo‘ladi.
Vyetnamlik ipakchilik tarmog‘i vakillari Respublikamiz bo‘ylab ipakchilik klasterlari bilan hamkorlik memorandumlarini imzolash maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurishgan.
Ularning navbatdagi manzili Qashqadaryo viloyatidagi “Radiant Silk” hamda “Shahrisabz SIlk Production” korxonalari bo‘ldi. Ular mazkur korxonalar faoliyati bilan tanishib, u yerda qayta ishlanayotgan ipak mahsulotlari bilan tanishdilar.