Bugun Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo'mitasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining eksport va investitsiyalarni o‘zlashtirish hajmlarini oshirish bo‘yicha bergan topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadida Xitoy Xalq Respublikasidan 2 ta investorlar delegatsiyasi qabul qilindi.
Uchrashuvda Xitoy davlatiga ipak mahsulotlari eksport hajmini oshirish yuzasidan kelishib olindi.
Shuningdek, joriy yil 11-iyul kuni Davlat rahbari tomonidan "Investitsiyalar jalb qilishni yanada kengaytirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar" yuzasidan o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida O'zbekistonga Xitoydan yangi investitsion loyihalarni jalb qilish masalasi ko'rib chiqildi.
Shuningdek, Vyetnam Sotsialistik Respublikasining tadbirkorlar delegatsiyasi hududlarda "O'zbekipaksanoat" Uyushmasi mas'ullari hamrohligida bevosita ipakchilik korxonalarida muzokaralar olib borishmoqda.
Bundan tashqari, "O‘zbekipaksanoat" uyushmasi rahbariyati ham chet el xizmat safarida bo‘lib, O‘zbekistondan ipak mahsulotlari eksportini oshirish va investitsiyalarni keng jalb qilish bo‘yicha amaliy ishlar olib borishmoqda.